So’nggi yangiliklar

10:46Жамал Мусиалага Европанинг тўртта ТОП клуби қизиқиш билдирмоқда  1 10:13"Манчестер Юнайтед" мавсумни катта зарар билан якунлаган. Жамоанинг қарзи ярим миллардга етиб қолди  2 09:35Англия терма жамоасини бошқариш учун асосий номзод маълум  3 09:01"Goal" ЖЧ-2026нинг топ-16 фаворитлари рейтингини тузди  11 08:32Маурисио Почеттинонинг АҚШ термасидаги маоши маълум қилинди  0 07:57ЦСКАнинг етакчиларидан бири жамоани тарк этишга яқин  0 07:30Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  1 00:55Энцо Фернандес иккита қоидабузарлик сабаб автомобил бошқариш ҳуқуқидан маҳрум қилинди  5 00:46“Ал Файҳа” расман Отабек Шукуровни таништирди  7 00:24"Реал" ўз дарвозабони билан шартномани узайтиради  0 23:55Ўзбекистон U-15 терма жамоаси янги бош мураббий қўл остида йиғинга киришди  0 23:29Роналду: "МЮ Лига кубогини ютиши мумкин, аммо ЕЧЛ, Европа Лигаси ёки АПЛ – қийин масала"  21 23:03Илҳом Ҳамроев: "Нидерландия жамоасини ўрганиб чиқдик. Мақсадимиз энг яхши натижамизни такрорлаш ва имкон қадар ўша натижани яхшилаш"  0 22:40“Хоразм” мураббийи Александр Ежов: “Таркибдаги йўқотишлар ва ишонч етишмаётгани мағлубиятга сабаб бўлди”  0 22:30Алексей Естафеев: “Қийин ғалабага эришдик”  0

​O'zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo kuboklaridagi ishtirokiga nazar Yangiliklar

​O'zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo kuboklaridagi ishtirokiga nazar

Hamyurtlarimiz qita birinchiligida qanday o'yin ko'rsatishgan? Bu galgi maqolamiz shu haqda.​

O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo chempionatlaridagi ishtirokini 1996 yilgi BAAda bo'lib o'tgan musobaqadan boshlagan va o'shandan beri har Osiyo kubogida muntazam ishtirok etib kelmoqda.


Osiyo Kubogi, BAA-1996.

Saudiya Arabistoni chempionlikka erishgan turnirda, O'zbekiston o'zining dastlabki Osiyo chempionatida ishtirok etgan.

O'zbekiston milliy terma jamoasi garchi Osiyo o'yinlar(1994 yilgi musobaqada tarixiy natija qayd etilgan edi)ida Xirosimadagi Osiyo o'yinlarida g'alaba qozonib, holiblik ruhida mazkur turnirga tashrif buyurgan bo'lsa-da, debyut muvaffaqiyatli chiqqan deb ayta olmaymiz - 3 o'yin, 1 g'alaba, 2 mag'lubiyat, guruhda 4-o'rin.



Osiyo Kubogi, Livan-2000.

Ikkinchi Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz guruhda 4-o'rinni egallashadi. Ushbu musobaqa biz uchun eng muvaffaqiyatsiz va anti-rekordlarga boy o'tgan qita birinchiligi bo'lib turibdi. Yirik hisobdagi mag'lubiyatlar aynan Livanda bo'lib o'tgan Osiy chempionatida qayd etilgan. Etiborlisi, biror marta yutqazgaman Qatar termasi ham turnirni erta tark etgan edi. Yaponiya o'zining ilk chempionligini qo'lga kiritgan.


Osiyo Kubogi-2004. Xitoy (17 iyul-7avgust)

Xitoyda o'tkazilgan Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi guruhdan chiqish vazifasini uddalagan va chorak finalda Bahrayn bilan tengma-teng kurash olib borgan edi - 2:2. Penaltilar seriyasida omad arab jamoasiga nasib qilganini yaxshi eslasangiz kerak.  



O'sha vaqtda Timur Kapadze, Server Jeparov, Leonid Koshelev, Marat Bikmaev, Andrey Fyodorov, Aleksandr Geynrix kabi futbolchilarimiz penaltilar seriyasida omadlarini sinab qo'rishgan edi.



Osiyo Kubogi-2007. Indoneziya, Malayziya, Tayland, Vetnam (7-29 iyul)

4 davlatda o'tkazilgan turnir biz uchun biroz omadsiz boshlangan va muvaffaqiyatsiz o'z nihoyasiga etgan edi.  



 

Terma jamoamiz bosh murabbiyi Rauf Inileev quyidagi tarkib bilan musobaqada ishtirok etgan edi:

Jamoani mazkur Osiyo chempionatiga ajoyib tayyorlanganligi ko'ringan bo'lsa-da, yana chorak finalda qoqilishadi. Bu safar ham Saudiya Arabistoni vakillarimizni to'xtatib qolgan va yakunda finalga qadar etib borgan.


Osiyo Kubogi-2011. Qatar (7-29 yanvar).

Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi biz uchun hozircha eng yaxshisi bo'lib turibdi. Odil Ahmedov va Server Jeparov, Aleksandr Geynrixning gullagan, Maksim SHackixning avjiga chiqib ulgurgan paytlari edi.

Garchi, yarim finalda Avtraliyaga 0:6 hisobida alamli mag'dubiyatga uchragan bo'lsak-da, yurtdoshlarimiz mazkur tarkibdan tuzilgan jamoaning hujumkor o'yinlaridan  zavq olishgan edi.



Ushbu musobaqada 4-o'rinni qo'lga kiritgan edik. Natijaning asosiy sababchisi Vadim Abramov bo'lgan.


Osiyo Kubogi-2015. Avstraliya (9-31 yanvar)

Avstraliya maydonlarida bo'lib o'tgan oxirgi Osiyo chemmpionatida munosib ishtirok etganmiz. Guruhda SHimoliy Koreya (1:0), Xitoy (1:2) va Saudiya Arabistoni (3:1) kabi mamlakatlar yurtdoshlarimizga raqib bo'lishgan edi. 

6 ochko bilan ikkinchi o'rinni qo'lga kiritib chorak final yo'llanmasini hal qilgan Mirjalol Qosimov shogirdlari 1/4 finalda 90 daqiqa davomida Janubiy Koreya bilan tengma-teng kurash olib borishgan edi. Ekstra taymlarda Son Xyon Min dubl qayd etib, O'zbekiston milliy terma jamoasini yana chorak finaldan ortga qaytishga majbur qilganini unutmagan bo'lsangiz kerak.

Sardor Rashidovni kashf etgan musobaqa

Etibor bergan bo'lsangiz, Milliy terma jamoamiz Osiyo chempionatlarida asosan chorak finalga qadar etib borgan. Ektor Kuper boshchiligidagi termadan qanday natija kutsak to'g'ri bo'ladi? Umuman olganda, yana ikki oydan so'ng start oladigan Osiyo Kubogida vakillarimizdan qanday natija kutayapsiz?


Avvalroq,  noyabr oyida Avstraliya yig'iniga boradigan tarkibimiz elon qilingan edi. Sardor Rashidov, Vitaliy Denisov va bir qator yosh futbolchilar mazkur yig'inga chaqiruv olishmadi. Lekin, katta ehtimol bilan 5-yanvardan 1-fevralgacha BAA stadionlarida o'tkaziladigan navbatdagi qita birinchiligida ishtirok etishadi.


Nodir Abdurasulov

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика