So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  0 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  0 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi vafot etdi Yangiliklar

O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi vafot etdi

Bu haqda Braziliyaning globoesporte.globo.com sayti xabar bermoqda.

Ubirajara Veyga da Silva 23 martda COVID-19 tufayli bu hayotdan ko'z yumdi.

U 1955 yil 2 fevralda Braziliyaning Portu-Alegri shahrida tug'ilgan. SHu erdagi Jismoniy tarbiya oliy maktabining futbol yo'nalishida tahsil olgan. U murabbiylik faoliyatini San-Paulu shtati jamoalarida boshlagan. Asosan, Braziliya A2 va A3 Seriyasining klublarida ishlagan. "Operario PR"da faoliyat olib borib, milliy etirofga sazovor bo'lgan. Klub uning boshchiligida Braziliyaning mashhur jamoasi "Palmeyras"ni Kubok bahslaridan chiqarib yuborgan.

1997 yil kuzida Toshkentning "Paxtakor" jamoasiga taklif qilingan hamda bosh murabbiy Aleksandr Ivankovning yordamchisiga aylangan. SHunisi etiborliki, da Silva klubda bosh murabbiy assistenti sifatida ishlab turib, o'sha yilning oktyabr oyi oxirida O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan. Jamoa uning boshchiligida Jahon chempionati-98 saralash bosqichidagi so'nggi ikki uchrashuvni o'tkazgan (Qozog'iston - 4:0 va Birlashgan Arab Amirliklari - 0:0).

1998 yilning yanvar oyida "Bira Veyga" (uning laqabi) "Paxtakor" bosh murabbiyiga aylangan. Toshkentliklar uning rahnamoligida 1992 yildan beri birinchi marta O'zbekiston chempioni bo'lgan.

Da Silva bunga parallel ravishda terma jamoa bilan ishlashni davom ettirgan. Tailandda bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida braziliyalik mutaxassisga omad kulib boqmagan: O'zbekiston terma jamoasi yarim finalga chiqmasdan muvaffaqiyacizlikka uchragan. Bu esa Silvaning terma jamoadan chetlatilishiga sabab bo'lgan. 1999 yil yanvar oyida "Paxtakor"dan ham ketgan. U Braziliyaga qaytib, mamlakatning shimoli-sharqiy mintaqalaridagi klublar bilan ishlagan va keyinchalik Yaponiya klublariga murabbiylik qilgan.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика