O'zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Xitoy va Vetnam bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
23 avg 2023 20:36
Yangiliklar
O'zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Xitoy va Vetnam bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Terma jamoamiz oktyabr oyidagi yig'inlarni SHarqiy Osiyoda o'tkazadi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Cian (Xitoy Xalq Respublikasi) shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi. Srechko Katanec boshqaruvidagi jamoamiz yig'in doirasida 13-oktyabr kuni Vetnam, 16-oktyabr kuni esa Xitoy milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqida O'zbekiston Futbol Associaciyasi rasman malum qildi.
13-oktyabr
O'zbekiston - Vetnam
16-oktyabr
Xitoy - O'zbekiston
Fikrlar