

Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoa yig'inni Toshkentda davom ettirmoqda. Kecha, 22 iyul kuni jamoa “Jar” stadionida mashg'ulot o'tkazdi.
Takidlash kerakki, 21 iyul kuni “Jar” stadionida bo'lib o'tgan O'zbekiston U-23 – Iroq (2:1) uchrashuvida maydonga tushgan bir necha futbolchi, xususan, Jaloliddin Masharipov, Doston Hamdamov, Sardor Mirzaev, Akromjon Komilov milliy terma jamoaning kechagi mashg'ulotlarida ishtirok etdi.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi 24 iyul kuni “Bunyodkor” stadionida Iroq milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. O'yin 19:00da boshlanadi.



