So’nggi yangiliklar

11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  6 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  2 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  0 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  2 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  6 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ кутилмаганда имкониятни бой бериб қўйди  19 07:40Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  1 07:11Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Атлетико" муҳим ғалабани қўлга киритди  1 02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  28 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  24 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  3 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  2

O'zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi Yangiliklar

O'zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

O'zbekiston futbol associaciyasi milliy terma jamoa uchun kuchli termalar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Sentyabr va oktyabr oylaridagi FIFA kunlaridan maksimal tarzda foydalanib, 4ta terma jamoa bilan Toshkentda o'rtoqlik o'yini o'tkazish borasida kelishuvga erishilgani haqida avval xabar berib o'tgandik.


Jumladan, Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz 6 sentyabr kuni Suriya, 11 sentyabr kuni Eron, 13 oktyabr kuni SHimoliy Koreya va 16 oktyabr kuni Qatar terma jamoalariga qarshi Toshkentda o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.

Noyabr oyidagi FIFA kunlaridan ham unumli foydalanish maqsadida, Osiyoning kuchli terma jamoalari bilan muzokaralar olib borildi. Natijada, 20 noyabr kuni Janubiy Koreya milliy terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi. Uchrashuv Avstraliya mamlakatida bo'lib o'tadi.

Noyabr oyida ob-havo sovuq kelishini inobatga olib, ko'plab terma jamoalar Osiyo Kubogiga Avstraliyada tayyorgarlik ko'rishga qaror qilgan. O'zbekiston milliy terma jamoasi ham aynan shunday tayyorgarlik doirasida Janubiy Koreya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogi kelasi yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tadi. O'zbekiston "F" Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Reyting: +104   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика