O'zbekiston milliy terma jamoasi Dubaydagi dastlabki mashg'ulotni o'tkazdi

2 yanv 2019, 22:18
O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Osiyo Kubogida qatnashish uchun Dubayga yetib kelgani haqida xabar berib o'tgandik.

Futbolchilarimiz bugun Dubaydagi dastlabki mashg'ulotni o'tkazishdi. Birlashgan Arab Amirliklari futbol federatsiyasiga qarashli maydonda bo'lib o'tgan mashg'ulotlarda futbolchilarga ko'p yuklamalar berilmadi. Asosan to'p bilan engil mashg'ulotlar o'tkazildi. Shuningdek, himoyadan hujumga o'tish va hujumdan himoyaga qaytish mashq qilindi.

Darvozabonlar Denis Ivankov bilan alohida mashg'ulot olib borishdi. Terma jamoa a'zolarining barchasi safda. Jarohat bezovta qilayotganlar yo'q. Ertaga yana mashg'ulotlar davom etadi.




O'xshash yangiliklar


Manba: ufa.uz