O'zbekiston milliy terma jamoasi bu yil JAKO kompaniyasi liboslaridan foydalanmaydi
13 noy 2018 20:24
Yangiliklar


O'zbekiston milliy terma jamoasi bu yil JAKO kompaniyasi liboslaridan foydalanmaydi
Xabaringiz bor, O'zbekiston futbol associaciyasi shu yilning 25 oktyabr kuni Germaniyaning JAKO kompaniyasi bilan o'zaro hamkorlik bo'yicha shartnoma imzolagandi.
SHartnomaga ko'ra ushbu kompaniya terma jamoalarimiz uchun turli xil ekipirovkalar etkazib beradigan bo'ldi.
Ayni paytda kompaniya tomonidan O'zbekiston milliy terma jamoasiga Osiyo Kubogi uchun maxsus dizayndagi liboslar tayyorlanmoqda. Kelasi yilning yanvar oyida BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi musobaqasidan boshlab O'zbekiston milliy terma jamoasi JAKO kompaniyasi liboslarida uchrashuvlarni o'tkazishni boshlaydi.
Maxsus dizayndagi liboslarda milliyligimiz belgilari aks etishi ko'zda tutilgan.
O’xshash yangiliklar
19:20
"Antverpen" yangi azosi Muhammadali O'rinboev: "O'zbekistonni yanada tanitishga vada beraman!" 28

Fikrlar