So’nggi yangiliklar

21:08Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  0 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  5 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  3 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  2 18:31"Лестер" судда ютиб чиқди ва очколарини сақлаб қолди  0 18:03Моуринью "Челси" юлдузини "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 17:39ЖЧ-2014 қаҳрамони Португалия чемпионатига ўтди  0 17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  6 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  2 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  23 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  23 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  30

O'zbekiston milliy terma jamoasi “Borussiya Dortmund” U-23 bilan qanday tarkibda o'ynadi? Yangiliklar

O'zbekiston milliy terma jamoasi “Borussiya Dortmund” U-23 bilan qanday tarkibda o'ynadi?

2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o'quv-mashg'ulotlarini Avstriyada o'tkazmoqda.

Ushbu o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa “Borussiya Dortmund” klubining 23 yoshgacha bo'lgan futbolchichlaridan tashkil topgan jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, durang natija qayd etdi.

17 iyul kuni bo'lib o'tgan o'yinda O'zbekiston milliy terma jamoasi kiritgan yagona golga Eldor SHomurodov mualliflik qildi. Germaniyaliklar ham bir bora Nesterov qo'riqlagan darvozani ishg'ol qildi. Hisob 1:1 bo'lib turgan bir vaqtda, Jamshid Iskanderov 11 metrlik jarima to'pini golga aylantira olmadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasining Avstriyadagi yig'ini 6 iyul kuni boshlangan va u 21 iyulga qadar davom etadi.

Takidlash kerakki, ayni vaqtda O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2018 uchinchi saralash bosqichi oldidan Iroq hamda Yaman terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish borasida kelishuvi bor. Iroq bilan o'tkaziladigan nazorat uchrashuvi 24 iyul kuni, Toshketdagi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.

Yamanga qarshi kechadigan nazorat o'yini esa 24 avgustga belgilangan. Ushbu o'yin ham “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi. Har ikki ucharshuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

O'rtoqlik uchrashuvi

17.07.2016, Avstriya.

O'zbekiston – “Borussiya Dortmund” U-23 1:1

O'zbekiston:
Ignatiy Nesterov (Eldor Suyunov), Stanislav Andreev (Aleksandr Merzlyakov), Azim Ahmedov, Kamoliddin Tojiev (Ruslan Melzitdinov), Davron Xoshimov (Akmal SHorahmedov), Salamat Qutiboev (Javohir Sohibov), Otabek SHukurov, Jasur Hasanov (Akrom Komilov), Marat Bikmaev (SHerzod Karimov), Jamshid Iskanderov (Doston Hamdamov), Eldor SHomurodov (Murodbek Bobojonov)

Reyting: -49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика