So’nggi yangiliklar

22:20Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  54 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  30 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  13 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  72 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  7 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  2 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0

O'zbekiston milliy chempionati boshlanishiga 3 kun qoldi Yangiliklar

O'zbekiston milliy chempionati boshlanishiga 3 kun qoldi

Teglar :  Oliy ligaPFL
Futbol bo'yicha XXVI O'zbekiston milliy chempionati start olishiga 3 kun qoldi.

O'zbekistonning amaldagi chempioni “Lokomotiv” hamda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan “Bunyodkor” va “Nasaf” klublari uchun mavsum ertaroq boshlandi.

Ushbu jamoalar OCHL–2017 musobaqasida ishtirok etishmoqda. “Nasaf” pley-off bosqichidan o'ta bilmadi. Guruh bosqichida qatnashayotgan “Lokomotiv” OCHLdagi 2-o'yinini o'tkazdi, “Bunyodkor” esa 2-tur uchrashuvini bugun olib boradi.

O'zbekiston chempionati yangi mavsumi boshlanishidan avval “Bunyodkor” stadioni matbuot anjumanlari zalida 24 fevral kuni Oliy Liga klublarining matbuot kotiblari uchun seminar o'tkazildi.

Unda media jarayonlar, marketing, kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash va boshqalar haqida tegishli malumotlar berildi. Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikat topshirildi.

Yangi mavsum uchun akkreditaciyadan o'tgan OAV xodimlari o'z akkreditaciya kartochkalarini 2 mart kuni olib ketishlari mumkin bo'ladi. Quyida Oliy Liga–2017 1-turidan o'rin olgan uchrashuvlar anonsi keltirilgan.

Oliy Liga–2017, 1-tur

3 mart, shanba

“Mashal” – “Lokomotiv”
“Paxtakor” – “Qizilqum”
“Metallurg” – “Dinamo”

4 mart, yakshanba
“SHo'rtan” – “Neftchi”
“Navbahor” – “Obod”
“Qo'qon-1912” – “Nasaf”
“Buxoro” – “Olmaliq”
“Bunyodkor” – “So'g'diyona”

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика