O'zbekiston milliy terma jamoasi mashg'ulotlarni boshladi
24 may 2014 21:49
Yangiliklar
O'zbekiston milliy terma jamoasi mashg'ulotlarni boshladi
"Sizlarda nima ayb, "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvida? Fikrlarni o'qib chiqdim. Yaxshisi bu mavzuni butunlay yopish kerak", - deydi mashg'ulotlardan keyin deydi Ashurmatov.
Ha, mayli, bo'lar ish bo'ldi. O'tdi ketdi. Bugundan etiboran mashg'ulotlarimiz boshlandi. Endi hammadan ham bizga qiyin bo'ladi. Tuturug'i yo'q taqvim. Qaerga boramiz, MTJ mashg'ulotlarigami, kubokkami, yoki yoshlarning yig'iniga?
Legionerlarimizdan Odil Ahmedov, Sanjar Tursunov va Husniddin G'ofurov mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Ilk marotaba terma jamoa yig'iniga jalb etilgan Azim Ahmedov maydonda akasi Odil bilan to'p tepish imkoniyatini qo'lga kiritdi. SHu kungacha bir o'yinda aka-ukalardan Do'rmonov va Tojievlarga bir vaqtda maydonga tushish nasib etgan.
Mashg'ulotlarda ko'p ham zo'riqish bo'lmadi. Boisi kecha O'zbekiston chempionatining ikki tur uchrashuvlari bo'lib o'tgan edi.
Ilk marotaba MTJdan chaqiruv olgan Akbar To'raevning kayfiyati chakki emas. Endi bosib-bosib mehnat qilish qoldi. "Bunyodkor"da birinchi raqamli darvozabon kim ekanligiga javob bergan Akbar, MTJda raqobat uyg'otishi aniq. Kecha Andijonda o'ynagan bo'lsada Eldor Suyunov ham mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etdi. Oxirida Mullajonov bilan to'qnashib ketishi natijasida kichik jarohat oldi. Lekin xavfli emas, o'tib ketadi.
Himoyachilardan Moskvaning "Lokomotiv" klubi futbolchisi Vitaliy Denisov hamda Xitoyning "CHangchun Yatay" jamoasi azosi Anzur Ismoilov hali terma jamoa ixtiyoriga etib kelmagan. Vladimir Kozak "Paxtakor" safida ertaga O'zbekiston Kubogi doirasi "Qo'qon-1912" jamoasiga qarshi o'tkaziladigan o'yinga tayyorgarlik ko'ryapti.
Yarim himoyachilar tarkibi to'liq bo'lsada, lekin ularning hammasi ham bugungi ilk mashg'ulotda umumiy guruhda shug'ullanishmadi. Sanjar Rashidov va Sardor Sobirxo'jaev kecha "Metallurg"ga qarshi o'yinda maydonga tushishgani bois, terma jamoa murabbiylar shtabi bu ikki yosh yarim himoyachiga "nagruzka" yuklamadi.
Hujumchilardan birgina Igor Sergeev bugungi mashg'ulotda qatnashmadi. U ham ertangi "Qo'qon-1912" bilan o'tadigan o'yinga o'z klub tarkibida tayyorgarlik ko'ryapti.
Bugun futbolchilarimiz uch tarkibga bo'lingan holda asosan qanotlardan uyushtriladigan va tezkor hujumlarga yo'naltirilgan futbol o'ynashdi. Ertadan mashg'ulotlar rang-barang ko'rinish ola boshlaydi.
Nodirxo'ja Yuldashev va Kamoliddin Alimov
Fikrlar