So’nggi yangiliklar

22:00Ўзбекистон кубоги. "Хоразм"ни мағлуб қилган "Сурхон" ярим финалга йўл олди!  8 21:41Дани Ольмонинг "Барселона"га ўтиши аниқ бўлди! (Фабрицио Романо)  6 21:13Слот "Ливерпуль" нега янги ўйинчилар харид қилмаётганини тушунтирди  0 20:48Анчелотти: "Ҳозирги таркибимиз билан барча турнирларда қатнаша оламиз"  1 20:22Расман: 79 ёшли Мирча Луческу Руминия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  2 20:00"Барселона"га Кьезани таклиф қилишди  4 19:41Ибрагимович: "Мен табиат мўъжизасиман"  13 18:59"Арсенал" Габриэл билан янги шартнома имзолайди  1 18:36Адейеми "Ювентус" қизиқиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди   1 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Японияга етиб борди  1 17:29Расман: "Севилья" "Интер" ярим ҳимоячиси трансферини эълон қилди  1 17:06"Агар Мудрикни 100 млн еврога сотиб олишган бўлса, Глушенковнинг нархи 200 млн"  2 16:30"Зенит" "Марсель" футболчисига 10 млн евро маош таклиф қилган, лекин...  1 16:07Гюндоган "Барселона"дан кетмайди  6 15:42Киммих бу ёз "Бавария"дан кетмайди  1

O'zbekiston - KXDR. O'yinoldi matbuot anjumani 10:30da boshlanadi Yangiliklar

O'zbekiston - KXDR. O'yinoldi matbuot anjumani 10:30da boshlanadi

Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi, "H" guruhi ikkinchi 7-tur o'yinlari doirasidagi O'zbekiston - KXDR uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi.

11 noyabr kuni O'zbekiston - KXDR o'yini olidan har ikki terma jamoa bosh murabbiylari hamda ularga hamroh bir futbolchi ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

"Paxtakor" markaziy stadioni matbuot-anjumani zalida bo'lib o'tadigan ushbu tadbirda avvaliga, soat 10:30da mehmon jamoa - KXDR bosh murabbiyi Kim CHang-bok jurnalistlar savollariga javob beradi. O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirokidagi matbuot anjumani esa 11:00da boshlanadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasida 12 noyabr kuni KXDR terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tadi. O'yin 18:00da boshlanadi. O'yinni Alirizo Fag'oni boshchiligidagi eronlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda "H" guruhida KXDR terma jamoasi 5ta o'yinda 13 ochko to'plagan holda peshqadam bo'lib turibdi. O'zbekiston esa guruhdagi raqiblaridan bir o'yin kam o'tkazgan holda 9 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика