O'zbekiston – KXDR o'yini 13 oktyabr kuni Toshkentda o'tkaziladi

Tolibjon Qosimov
21 sen 2018, 15:05
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan maksimal tarzda foydalanib, 2ta terma jamoa bilan Toshkentda o'rtoqlik o'yini o'tkazish borasida kelishuvga erishgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

6 sentyabr kuni Suriya, 11 sentyabr kuni esa Eron terma jamoasi bilan bellashgan Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz, 13 oktyabr kuni soat 20:00da Toshkentdagi "Milliy" stadionda KXDR terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

16 oktyabrda o'tkazilishi rejalashtirilgan O'zbekiston – Qatar milliy terma jamoalari o'rtasidagi bahs ham soat 20:00da "Milliy" stadionda o'tkaziladi.

O'FA Osiyo kubogi hamda 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralash uchrashuvlariga tayyorgarlik doirasida navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish uchun muzokaralar olib borishda davom etadi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogi kelasi yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tadi. O'zbekiston "F" guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz