So’nggi yangiliklar

14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  0 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  0 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   1 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  7 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  16 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6

O'zbekiston kubogining final chiptalari qachondan sotuvga chiqishi malum Yangiliklar

O'zbekiston kubogining final chiptalari qachondan sotuvga chiqishi malum

5 oktyabr kuni Farg'onada bo'lib o'tadigan O'zbekiston kubogining final uchrashuvi uchun chiptalar muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida 1 oktyabr kuni sotuvga chiqariladi.

Ular Farg'onadagi "Istiqlol", Namangandagi "Markaziy" hamda Andijondagi "Bobur arena" kassalarida sotiladi.

Avvalroq Liga "Andijon" va "Navbahor" klubi rahbarlari hamda muxlislari bilan uchrashuv o'tkazgan bo'lib, mazkur masala qanday tartibga solinishi borasida kelishuvga erishgandi. Unga ko'ra, "Istiqlol" stadionining 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20-sektorlari "Andijon" muxlislari uchun ajratiladi. "Navbahor" muxlislari esa 22, 23, 24, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 31, 32-sektorlardan joy olishi mumkin. Har ikki klub muxlislari chiptalarni o'z arenalari kassalariga jonli navbatga turish orqali sotib olishlari mumkin. Navbatda turgan har qanday shaxs ko'pi bilan 4 dona chipta xarid qilishi mumkin bo'ladi.

CHipta savdosi masalasida Liga iTicket bilan hamkorlik qiladi. Istiqlol stadionidagi sharoit hamda bellashuvga bo'lgan qiziqishning katta ekanligidan kelib chiqib, elektron chiptalar savdosi yo'lga qo'yilmaydi. Bunda qalbaki chiptalar savdosining oldini olish masalasiga ham etibor qaratiladi. CHipta maxsus qog'ozlarda chop etilgan va himoya belgisiga ega bo'lib, futbol muxlislariga ularni faqat kassa orqali sotib olish, begona shaxslar qo'lidan xarid qilmaslik tavsiya etiladi. iTicket muxlislarning stadion turniketlaridagi harakatlarini tartibga solish masalasida Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar organlari vakillari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Bunda qalbaki chiptalarni aniqlash uslubidan foydalaniladi hamda ularga qarshi choralar ko'riladi. Kelishuvga ko'ra, muxlislarning turniketlar tomon harakatlari maxsus to'siqlar bilan tartibga solinadi. 

Avvalroq xabar berilganidek, 2024-yilgi futbol mavsumi uchun chiqarilgan akkreditaciyalar bilan stadionga kirish imkoniyati mavjud emas. Liga final o'yinida ishlaydigan texnik xodimlar hamda OAV vakillarini faqatgina final uchun chiqarilgan maxsus akkreditaciyalar bilan taminlaydi. SHuningdek, chiptalar savdosida suniylik va ko'zbo'yamachilikka yo'l qo'ymaslik maqsadida klublar rasmiylari hamda Liga vakillari iTicket xizmatchilariga bevosita ko'maklashadi.

CHipta xarid qilgan andijonlik futbol muxlislaridan 5 oktyabr kuni "Istiqlol" stadionining Islom Karimov nomli Farg'ona kichik halqa yo'liga tutashgan hududdagi 2-kirish darvozasi orqali, namanganlik ishqibozlardan esa stadionning “Umid nihollari” ko'chasiga tutashgan hududdagi 1-kirish darvozasi orqali finalga tashrif buyurishi so'raladi. Bunda nafaqat turniketlar, balki mashinalar uchun avtoturargoh ham alohida bo'ladi. Muxlislar sektorlarga kirishda soat ko'rsatkichlariga teskari yo'nalishda, stadionni tark etishda esa soat ko'rsatkichlari yo'nalishida harakatlanadi.

Stadionning 5-SIP sektori uchun chipta narxi 200 ming so'mni tashkil etadi. Mazkur sektor uchun chiptalarning aksar qismi Liga tomonidan homiy va hamkor tashkilotlarga taqdim etiladi. 3, 4, 6, 7-sektorlar 150 ming so'mdan, 19, 20, 22, 23-sektorlar 100 ming so'mdan, qolgan barcha sektorlar 75 ming so'mdan sotuvga chiqariladi. Bunga qadar Istiqlol stadioniga kirish uchun chiqarilgan yillik abonementlar bilan final bellashuvini tomosha qilish imkoniyati mavjud emas.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика