So’nggi yangiliklar

00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

O'zbekiston kubogining 1/32 final bosqichiga qura tashlandi Yangiliklar

O'zbekiston kubogining 1/32 final bosqichiga qura tashlandi

O'zbekiston kubogining 1/32 final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

2019 yilgi mavsumda O'zPFL Superliga uchun 14, A Pro-ligasi uchun 8 hamda B Pro-ligasi uchun jami 16 ta klubni ro'yxatdan o'tkazdi. O'zbekiston kubogida mazkur jamoalardan faqatgina “Bunyodkor-2” hamda “Andijon-2” jamoalari ishtirok etmaydi. Ular farm-klub maqomida bo'lgani sababli, faqatgina B Pro-liga uchrashuvlaridagina qatnasha oladi.

1/32 final uchrashuvlari taqvimda 30 aprel hamda 1 may kunlari o'tkazilishi avvaldan belgilab qo'yilgan. Jamoalarning aynan qaysi kuni o'yin o'tkazishi ertaga PFL rasmiy sayti orqali malum qilinadi.



O'zbekiston kubogi 1/32 final
Turon – Rash Milk
Zarangari – Orol
Rubin – Ittifoq N / Ittifoq B
Yashnobod / CHig'atoy – G'ijduvon
Zirabuloq – Yangier
Lokomotiv-BFK – Zomin


19 aprel kuni O'zbekiston kubogi uchun saralash uchrashuvlari bo'lib o'tadi. SHarqiy mintaqadan saralashda “CHig'atoy” hamda “Yashnobod” klublari o'zaro o'yin bilan ishtirok etadi. G'arbiy mintaqada esa Navoiy hamda Buxoroning “Ittifoq” jamoalari o'zaro kuch sinashadi. Mazkur uchrashuvlar ertaga soat 16:00da o'tkaziladi va uchrashuvlar g'oliblari 1/32 finalda to'p surish huquqini qo'lga kiritadi.

Qura jarayonida jami 12 ta klub olti juftlikka ajratildi. Bosqich g'oliblari 1/16 final chiptasini qo'lga kiritadi.

1/16 finaldan boshlab musobaqaga Superliganing 10 hamda A Pro-liganing 8 jamoasi qo'shiladi. 1/8 finaldan boshlab esa “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Navbahor” va AGMK jamoalari turnirdagi ishtirokini boshlaydi.

2019 yilda mazkur turnirda har bir bosqich faqatgina 1 ta uchrashuvdan iborat bo'ladi. G'olib asosiy va qo'shimcha daqiqalarda aniqlanmasa, penaltilar seriyasi yordamga keladi. Qura marosimlari Sport-TV orqali jonli namoyish etib boriladi.


Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика