So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  2 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  13 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  37 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

O'zbekiston Kubogiga 14 noyabr kuni qura tashlanadi Yangiliklar

O'zbekiston Kubogiga 14 noyabr kuni qura tashlanadi

O'zbekiston Professional futbol ligasi 3 dekabr kuni Coca Cola Superliganing so'nggi - 26-tur uchrashuvlarini o'tkazishni rejalashtirgan.

SHundan keyingina O'zbekiston Coca Cola kubogi musobaqasi start oladi.

Pandemiya tufayli, shuningdek, milliy terma jamoaning o'rtoqlik uchrashuvlari uchun sharoit yaratilishidan kelib chiqib, kubok formati avvaldan rejalashtirilgani kabi guruh bosqichi ko'rinishida emas, balki bir o'yindan iborat, mag'lub jamoa musobaqani tark etadigan ko'rinishida o'tishiga kelishib olindi. Bu esa kubok bellashuvlariga qaytadan qura tashlashni taqazo etadi.

SHu haftaning shanba kunida, yani, 14 noyabr sanasida O'zPFL bosh direktori v.b. Diyor Imomxo'jaev “Sport” telekanalida mehmon bo'ladi. Rejaga ko'ra, jonli efirda tashkilot vakili barcha futbol muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob qaytaradi. Muxlislar o'zlarini qiziqtirgan savollarni telefon qo'ng'irog'i ko'rinishida, shuningdek, sms yoki taklif etilgan messenjerlar orqali berish imkoniyatiga ega bo'ladi.

“Sport” hamda O'zPFL O'zbekiston Coca Cola kubogiga mazkur dasturdan so'ng qura tashlashga kelishib oldi. U ham jonli efirda ko'rsatiladi. Qura tashlash formati hamda uchrashuvlar sanalari O'zPFL tomonidan alohida elon qilinadi. Ayni vaqtda tashkilot klublar bilan bu borada fikr almashmoqda.

Malumot uchun, kubok finaliga avvaldan belgilab qo'yilganidek, Namangan shahri mezbonlik qiladi. Finalda to'p surish uchun Coca Cola Superliganing 14 ta, shuningdek, Pro liganing "SHo'rtan" hamda "Oqtepa" klublari kurash olib boradi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика