O'zbekiston kubogida sensaciya ko'rsatgan Qiziriq ustozi SHo'rtanga qarshi uchrashuvdan so'ng nimalar dedi?
29 apr 08:47
Yangiliklar
O'zbekiston kubogida sensaciya ko'rsatgan Qiziriq ustozi SHo'rtanga qarshi uchrashuvdan so'ng nimalar dedi?
O'yin haqida
- Bugungi o'yinda yigitlarda g'alaba bo'lgan ishtiyoq juda yuqori edi. Navbatdagi bosqichga chiqish uchun g'alaba qozonishdan boshqa yo'limiz yo'q edi. Zimmamizdagi vazifani uddaladik, jamoamiz guruh bosqichidan muvaffaqiyatli chiqdi.
- Birinchi bo'lim va ikkinchi bo'limlarda qanday farqni sezdingiz?
- Biz uchun butun o'yin bir xil tempda o'tdi. Mezbonlar bosim qilishdi, hujumlar tashkil etishdi. Mos ravishda qarshi hujumda o'ynadik va g'alaba golini ham aynan qarshi hujum natijasida kiritdik.
- Jamoa oldidagi navbatdagi rejalar qanday?
- Biz har o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Kubokmi, chempionatmi, bu muhim emas. Yigitlarda hozir g'oliblik ruhiyati shakllandi. Men aytmasam ham bugun yutamiz deb maydonga chiqishayapti.
Fikrlar