O'zbekiston kubogida sensaciya ko'rsatgan Qiziriq ustozi Sho'rtanga qarshi uchrashuvdan so'ng nimalar dedi?

Khoja
29 apr 2024, 08:47
O'zbekiston kubogining 3-turidan o'rin olgan Sho'rtan - Qiziriq (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Eldor Boymatov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yinda yigitlarda g'alaba bo'lgan ishtiyoq juda yuqori edi. Navbatdagi bosqichga chiqish uchun g'alaba qozonishdan boshqa yo'limiz yo'q edi. Zimmamizdagi vazifani uddaladik, jamoamiz guruh bosqichidan muvaffaqiyatli chiqdi.

- Birinchi bo'lim va ikkinchi bo'limlarda qanday farqni sezdingiz?

- Biz uchun butun o'yin bir xil tempda o'tdi. Mezbonlar bosim qilishdi, hujumlar tashkil etishdi. Mos ravishda qarshi hujumda o'ynadik va g'alaba golini ham aynan qarshi hujum natijasida kiritdik.

- Jamoa oldidagi navbatdagi rejalar qanday?

- Biz har o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Kubokmi, chempionatmi, bu muhim emas. Yigitlarda hozir g'oliblik ruhiyati shakllandi. Men aytmasam ham bugun yutamiz deb maydonga chiqishayapti.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia