So’nggi yangiliklar

00:41АПЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Ньюкасл"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  3 00:34Испания кубоги. "Реал Сосьедад" - "Реал Мадрид" (онлайн ҳисоб)  1 00:17Винисиус илк марта "Реал"ни сардор сифатида майдонга бошлаб тушади  2 23:35АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Ипсвич", "Ноттингем" - "Арсенал": бошланғич таркиблар аниқ!  12 23:16АПЛ. "Манчестер Сити" "Тоттенхэм" меҳмони бўлмоқда. Ҳусанов асосий таркибда  47 22:53Вадим Абрамов Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичидаги қуръа ҳақида ўз фикрини билдирди  6 22:28Саудия Арабистони чемпионати. "Ар Риёд" ва "Ал Файха" ўзаро нурсиз дуранг ўйнашди, Шукуров 90 дақиқа ҳаракат қилди  2 22:11Элдор Шомуродов "Рома"нинг февраль ойидаги энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод!  11 21:47Осиё футбол конфедерацияси 2026 йилги аёллар Осиё кубоги саралаш босқичи ўйинларга мезбонлик қиладиган саккиз мамлакатни эълон қилди  0 21:22Виктор Осимхен "Манчестер Юнайтед"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  1 20:57Моуринью "Галатасарой"ни ирқчиликда айблагани учун судга бериши мумкин  0 20:31Сергей Чигодаев бошчилидаги Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг бугунги машғулотларидан суратлар  5 20:16Машарипов ўйнаётган "Истиқлол"га янги бош мураббий тайинланди  0 19:35Ўзбекистон кубоги. Гуруҳ босқичига қуръа ташланди  31 19:17Ўзбекистон кубоги финалига қайси шаҳар мезбонлик қилиши маълум бўлди  11

O'zbekiston kubogida hakamlar qanday ishladi? Rossiyalik sobiq hakamning tahlili Yangiliklar

O'zbekiston kubogida hakamlar qanday ishladi? Rossiyalik sobiq hakamning tahlili

"Championat.asia" saytining hakamlar bo'yicha rossiyalik eksperti Anatoliy Sinyaev O'zbekiston kubogi 1/8 finali o'yinlaridagi hakamlarning bahsli qarorlarini tahlil qildi.

"Bunyodkor" - "Lokomotiv"

VIDEO

Mening va hamkasblarimning fikricha, gol aniq holda urildi. To'p kiritgan "Lokomotiv" futbolchisi raqib salomatligiga xavf tug'diradigan harakat amalga oshirmagan. Himoyachining to'p uchun kurashga kirishishda kechikkani yaqqol namoyon bo'lgan. Qolaversa, himoyachi ham o'zi uchun xavfli harakat qildi: u to'pga teginish uchun boshini pastga egdi. Gol to'g'ri hisobga olingan.


"Bunyodkor" - "Lokomotiv"

VIDEO

Agar to'qnashuvning jiddiy oqibatlari bo'lmasa, u holda hakamning qarorini qo'llab-quvvatlash mumkin. O'yinchi to'p uchun o'ynashga harakat qildi, lekin xavfli ravishda oyog'ini ko'tardi va u raqibning yuziga tegdi. Biroq himoyachining harakatida tezlik yuqori emas, shuningdek, raqibga to'g'ridan-to'g'ri zarba berilgani yo'q. Umuman olganda, hakamning qarori qonuniy. Bu holat to'g'ridan-to'g'ri chetlatish emas, balki ikkinchi sariq kartochkaga asos bo'ladi.


"Olimpik" – "Navbahor"

VIDEO

“Navbahor” ustozi hakamning qaroridan noroziligini imo-ishoralari va so'zlari bilan bildirmoqda, bu harakat kamida sariq kartochkaga loyiq. Agar hakam to'g'ridan-to'g'ri haqorat qilingan bo'lsa, bu qizil kartochka degani, biroq biz translyaciya orqali nima gap-so'zlar bo'lganini tushuna olmaymiz.


"Olimpik" – "Navbahor"

VIDEO

“Navbahor”ning jarima maydonchasida raqib futbolchisining oyog'iga teginish bo'lsa, bu juda yuzaki harakat hisoblanadi. Bu vaziyatda futbolchi faqat o'z xohishi bilan yiqildi, yani oyoqni yig'ib oladigan ajoyib simulyaciya sodir etildi. Bu harakatlari bilan “Olimpik” futbolchisi hakamni aldamoqchi bo'ldi va sportchiga xos bo'lmagan xatti-harakati uchun sariq kartochkaga loyiq edi. Hakam bu erda sariq kartochka ko'rsatmay xatoga yo'l qo'ydi.


AGMK – "Metallurg"

VIDEO

AGMK futbolchisi telbalarcha harakat qiladi - u raqibga jarohat etkazib qo'yish haqida o'ylamadi hamda xavfli podkat tashladi. Sariq kartochka to'g'ri ko'rsatilgan, chetlatish haqida esa gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Qizil kartochkaga tortadigan hech qanday mezon ko'rinmagan.


AGMK – "Metallurg"

VIDEO

Penalti belgilash uchun asoslar bor edi, chunki "Metallurg" himoyachisi qo'li bilan raqibning ortidan ochiqchasiga tegindi. Biroq bu imkoniyat malum chegaraga ega va bunda ko'p narsa hakamning qaror qabul qilishiga bog'liq. Agar hakam butun o'yin davomida shunday epizodlarda o'yinni davom ettirishga ruxsat bergan bo'lsa, uning qaroriga qo'shilish mumkin. Albatta, bu vaziyatda raqibga teginish harakati sodir etildi. Ammo bunday vaziyatda hakam ushbu qoidabuzarlikning darajasini baholaydi. AGMK futbolchisi raqib futbolchisining teginishi natijasida yiqildimi yoki ortida raqibning qo'li borligini his qilib, o'z ixtiyori bilan chiroyli yiqilish sanatini amalga oshirdimi? Rossiyada bunday vaziyatlar boshqacha baholanadi, ammo yaqinda bizning hakamlarimizga oddiy teginishlar uchun hushtakbozlik qilmaslik tavsiya qilindi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика