So’nggi yangiliklar

01:54ЕЧЛ. ПСЖ Лондонда "Арсенал"ни таслим этди  87 00:30Вадим Абрамов: "Ҳар қандай ҳолатда ҳам биринчи ўринда қоламиз"  0 00:15"Ал Аҳли" "Ал Ҳилол" устидан ишончли ғалаба қозониб, Элит ОЧЛ финалига йўл олди!  26 23:50Февзи Давлетов: "Афсуски, йўл қўйган иккитагина хатомиз туфайли мағлуб бўлдик"  1 23:35Эрик Дайер "Бавария"ни тарк этади. Унинг кейинги жамоаси аниқ  0 22:49Мендининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  2 22:20Кетма-кет иккинчи мавсум Ўзбекистон Кубогининг амалдаги ғолиби гуруҳдан чиқа олмади  21 21:40"Лочин" бош мураббийи Сардор Тўхтаев: "Андижон" — бизни икки карра кўпроқ куч билан ўйнашга ундайдиган жамоа"  9 21:15Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" ўз майдонида "Динамо"га мағлуб бўлди, "Андижон" гуруҳда қолиб кетди  19 20:55Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" ўз майдонида йирик ғалаба қайд этди  1 20:35Александр Хомяков: "Футболда ишонч ва хоҳиш кўп нарсани ҳал қилади"  28 20:18Учта ўйинда 14:1, саудияликлар фойдасига. ОЧЛ Элит кубоги Саудияда қоладими?  10 19:34"Барселона" "Байер" футболчисини Испанияга қайтармоқчи  1 19:12Ўзбекистон кубоги. "Андижон" сафарда "Лочин"га ютқазиб қўйди   98 18:1019 ёшли посбон, "Насаф" футболчиси, ОКМКни ютган мураббий ва Ўзбекистон МТЖ аъзоси — Суперлигада 7-турнинг энг яхшилари   6

O'zbekiston kubogi: “Yashnobod” kurashni davom ettiradi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi: “Yashnobod” kurashni davom ettiradi

Futbol bo'yicha O'zbekiston kubogi 1/32 final bosqichi bahslari poyoniga etdi.

Musobaqaning ilk saralash bosqichida safarda Toshkentning “CHig'atoy” jamoasidan (0:1) ustun kelgan “Yashnobod” futbolchilari bu gal ham o'zining g'alabali yurishini davom ettirdi.

Quraga ko'ra, 1/16 final yo'llanmasi uchun yashnobodliklar Buxoro viloyatining “G'ijduvon” jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuv poytaxtimizdagi “Yakkasaroy” sport majmuasi stadionida bo'lib o'tdi. O'yin oldidan mezbonlar tarkibida bir qator jiddiy yo'qotishlar bor edi. Jumladan, malum sabablarga ko'ra, g'ijduvonliklarga qarshi bahsda tajribali Abbos Omonov, Muhammad Laziz Omonaliev kabi futbolchilar tarkibga kiritilmadi.

SHunga qaramay, Azizjon Fayziev shogirdlari uchrashuvni ko'tarinki ruhda boshlashdi. 3-daqiqada mezbonlar vakili Abbos Saidkarimov to'pni oldingi chiziqda o'ynayotgan jamoadoshi Bekzod Ahmedov tomon yo'naltirdi. Bu vaziyatda g'ijduvonliklar himoyachisi Suhrob Rahmonov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga urindi. Darvozadan chamasi 25 metrlar uzoqlikdan yo'llangan to'p esa kutilmaganda o'z darvozasi to'ridan joy oldi — 1:0. Goldan ruhlangan yashnobodliklar hujumga zo'r berishdi. Oradan o'n uch daqiqa o'tar o'tmasdan mezbonlar burchakdan to'pni o'yinga kiritishdi. Mehmonlar himoya chizig'idagi palapartishlikdan unumli foydalangan Islom Ismoilov esa qiyinchiliksiz darvozani ishg'ol etdi — 2:0.



24-daqiqada mehmonlarning qarshi hujumini Mirzabek Joniqulov gol bilan yakunlashga muvaffaq bo'ldi.

Tanaffusdan so'ng, har ikki jamoa murabbiylari ham tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. Aksariyat vaziyatlarda mehmonlar hujumi xavfli ko'rinish olgan bo'lsa-da, yashnobodliklarning yosh posboni o'z o'rnida bexato harakat qilib, jamoasi joniga oro kirdi. Ko'pchilik muxlislar o'yin shu hisobda yakunlanishini taxmin qilayotgan bir mahalda, mezbonlar yarim himoyachisi Muhammad Komilov o'zini ko'rsatdi. U mehmonlar jarima maydonchasi ichida himoyachi va darvozabonni aldab o'tib, “Yashnobod”ning g'alabasini mustahkamladi — 3:1.

SHunday qilib, O'zbekiston milliy chempionati PRO-ligasi “debyutanti” “Yashnobod” futbolchilari O'zbekiston kubogining 1/32 final bosqichida ishonchli g'alabani qo'lga kiritib, kurashni davom ettiradigan bo'ldi.

Yashnobodliklarning musobaqaning 1/16 final bosqichida raqibi kim bo'lishini quradan keyin bilib olamiz. Malumot o'rnida shuni aytish kerakki, keyingi bosqichda 1/32 final g'oliblari — “Yashnobod” (Toshkent), “Zarangari” (Buxoro), “Zirabuloq” (Samarqand), “Zomin” (Zomin), “Rash-Milk” (SHahrixon), “Ittifoq” (Navoiy) futbolchilari qatoriga Superliganing 10 hamda “A” Pro-liganing 8 jamoasi qo'shiladi.



HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:
O'zbekiston kubogi, 1/32 final
2019 yil 1 may (chorshanba)
“YASHNOBOD” (Toshkent) – “G'IJDUVON” (G'ijduvon) — 3:1 (2:1).
Toshkent. “Yakkasaroy” sport majmuasi stadioni. 56 tomoshabin
Hakamlar
: A. Xudoyberganov, N. Afinogenov, O. Qosimov, R. Karimov
Nazoratchi: V. SHashkov
Komissar: N. Abidova
Gollar: Suhrob Rahmonov (3, avtogol), Islom Ismoilov (16), Muhammad Komilov (90+5) – Mirzabek Joniqulov (24)
“YASHNOBOD”: Boburjon Haydarov, Yusuf Aliev, Islom Ismoilov, Rasul Rahmonberdiev, Abbos Saidkarimov, Bekzod Ahmedov, Rustam Azimov, Jo'rabek Ergashev (Ruslan Veklich, 68), Amirbek Fayziev, Muhammad Komilov, Azizjon Zafarov (Azamat Boymatov, 55)
“G'IJDUVON”: Javohir Salimov, Viktor Grigorev, SHuhrat Sadriddinov, Javohir Ismoilov, Akbar Murodov, Dilshod Hushbaqov, Mirzabek Joniqulov (Rohiddin Abdurasulov, 73), Suhrob Rahmonov, Asliddin Meliboev (Abbos Ikromov, 55), Maruf Toshev (Bobur Jo'raqulov, 61), Bahodir Daminov
Ogohlantirishlar: Abbos Saidkarimov (44), Amirbek Fayziev (50) – Mirzabek Joniqulov 44, Javohir Salimov (77).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика