So’nggi yangiliklar

20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  1 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  17 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  4 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  12 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2

O'zbekiston Kubogi yarim finali prevyusi: "Paxtakor" - "Bunyodkor" Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi yarim finali prevyusi: "Paxtakor" - "Bunyodkor"

12 avgust kuni O'zbekiston Kubogi yarim finalining birinchi o'yinlari bo'lib o'tadi.

"Paxtakor" unda "Bunyodkor"ni qabul qiladi. Jamoalar o'rtasidagi poytaxt derbilari hamisha keskin va qiziqarli o'tib keladi. Oxirgi paytlarda har ikki jamoa yaxshi holatga kirib bormoqda. Kubok bahslarida "Paxtakor" va "Bunyodkor" qarama-qarshiligi 5 marta kuzatilgan. SHundan 3tasi finalda va 2tasi yarim finalda. 2007 yil finalda "Paxtakor" penaltilar seriyasida zafar quchgan - 7:6. 2008 yil "Bunyodkor" 3:1 hisobida g'alabaga erishgan bo'lsa, 2009 yil "Paxtakor" kichik hisobda muvaffaqiyatga erishgan. 2012 yil yarim finallarda 1:1 va 3:1 hisoblari qayd etilib, raqib final yo'llanmasiga ega chiqqan.

Bellashuvni Viktor Serazetdinov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Ushbu referi bu mavsumda 2 o'yinimizni boshqardi. Ularda "Mashal" va "Navbahor" dog'da qoldirildi.

"Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvi 12 avgust, chorshanba kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi. CHiptalarni stadion kassalaridan 5 va 15 ming so'mdan xarid qilishingiz mumkin.

"PAXTAKOR" - "BUNYODKOR"

Hakamlar: Viktor Serazetdinov (Toshkent), Mamur Saidqosimov (Toshkent), Andrey Capenko (Toshkent viloyati), Murod Muhammedov (Toshkent viloyati).

Nazoratchi: Alisher Abdullaev (Toshkent).


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика