So’nggi yangiliklar

13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  2 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  5 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  1 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  3 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  11 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  2 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6

O'zbekiston kubogi. Yarim finalga qachon qura tashlanishi malum bo'ldi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. Yarim finalga qachon qura tashlanishi malum bo'ldi

15 avgust kuni O'zbekiston kubogining chorak finalidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv "Bunyodkor" va "Paxtakor" klublari o'rtasida bo'lib o'tadi.

Mazkur o'yindan so'ng musobaqaning yarim final bosqichi uchun qura tashlanadi.

SHu kuni Superliga 16-turidan o'rin olgan ikki uchrashuv ham o'tkaziladi. Sport-TV soat 20:15 dan boshlab "Olimpik" — "So'g'diyona" bellashuvini jonli efirga olib chiqadi. Aynan shu uchrashuv yakuniga etgach, navbat kubok qurasiga beriladi.

Malumot uchun, yarim finalning ikki bellashuvi avgust oyi oxirida, aniqrog'i, Superliga 17-turi yakuniga etganidan so'ng o'tkaziladi. Ishchi reja sifatida 28-29 avgust sanalari tanlab olingan. Yarim final juftliklaridan kelib chiqib, o'yinlar aynan qaysi sanada bo'lib o'tishiga oydinlik kiritiladi.

Reglamentga ko'ra, chorak finalni safarda o'tkazib g'olib chiqqan jamoalarda yarim finalni o'z maydonida qabul qilish imkoniyati yuqori bo'ladi. Hozirga kelib, "Surxon" klubining yarim final bosqichini safarda o'tkazishi aniq bo'lib ulgurgan. Agar, "Bunyodkor" klubi ham yarim finalga yo'l olsa, u holda “qaldirg'ochlar” ham final yo'llanmasi uchun safarda kurash olib borishiga to'g'ri keladi. O'z-o'zidan "Navbahor" va "Andijon" final oldidan o'z maydonida o'yin o'tkazadi. CHorak finalning so'nggi o'yinida "Paxtakor" klubining qo'li baland kelsa, u holda yarim finalni o'z maydonida qabul qilish uchun haqli klublar soni 3 tani tashkil qiladi. Bu holatda "Navbahor", "Andijon" va "Paxtakor" klublaridan qay birining yarim finalni safarda o'tkazishi masalasiga qura oydinlik kiritib beradi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика