O'zbekiston Kubogi va Liga Kubogi namoyish etildi
25 okt 2019 18:43
Yangiliklar


O'zbekiston Kubogi va Liga Kubogi namoyish etildi
Bugun, 25 oktyabr kuni "Samarqand Darvoza" savdo-ko'ngilochar markazida O'zbekiston Kubogi finalidan oldingi matbuot anjumani o'tkazildi.
Ushbu marosimda O'zbekiston Kubogi va Liga Kubogi g'oliblariga topshiriladigan sovrinlar namoyish etildi.
Ertaga "Lokomotiv" stadionida "Paxtakor" hamda AGMK klublari O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritish uchun maydonga tushishadi. G'olibga quyidagi sovrin topshiriladi:
O'zbekiston Liga Kubogi sohibi ham shu ikki jamoa o'rtasidagi bahsda aniqlanadi. G'olibga esa yangicha ko'rinishdagi sovrin nasib etadi:
Bundan tashqari, "Samarqand Darvoza"dagi tadbirda O'zbekiston chempionati g'olibi ("Paxtakor") uchun tayyorlangan kubok ham ko'rsatildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar