So’nggi yangiliklar

18:12ПФЛ Ўзбекистон Суперлигаси 2025 интросини тақдим этди  2 17:54"Нефтчи": 4 мингга яқин йиллик абонемент сотиб бўлинди  5 17:47"Зенит" - ЦСКА. Файзуллаев асосий таркибда  1 17:36Бу қизиқ! "Манчестер Сити" Бразилия U-17 ва Аргентина U-17 сардорларини ўз сафига қўшиб олди  2 16:22Суперлиганинг 3-тур ўйинлари саналари маълум бўлди  0 16:13Инфантино: "Трамп Россияни ЖЧ-2026да иштирокини кўриб чиқишни сўрагани йўқ"  5 14:52Азалий рақиблар қарама-қаршилиги: "Пахтакор" - "Ал Ҳилол" ўйинига тайёрмисиз?  21 14:29"Челси" 17 ёшли футболчи учун 15 млн. евро тўлайди  2 14:07"Атлетико" раҳбари Сересо Перес ҳақида: "Реал" тарихидаги энг яхшиси"  16 13:17Пике: "Реал" ва "Барселона" бир-бирига керак"  18 12:45Саудия Арабистони чемпионатида Тоуни ва Бензема Роналдуга деярли етиб олишди  7 12:17"Реал" "Арсенал" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:55Аморим МЮ ўйини ҳақида: "Баъзида ижобий жиҳат топиш қийин бўлади"  1 11:50Интервью. Февзи Давлетов: "Тизимли ўйинимизни сақлаб қолдик. Трансферлар? Айнан керакли позицияга футболчи олинди"  3 11:30Рустам Хожаев: "Осиё кубоги мезбонлиги Марказий Осиё футболи ривожи учун жуда катта туртки бўлади"  7

O'zbekiston kubogi. To'rtta kuchli jamoadan kim Namanganga boradi? Yoxud Olmaliqda Qosimov-Berdiev, Qo'qonda Ashurmatov-Arveladze to'qnashuvi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. To'rtta kuchli jamoadan kim Namanganga boradi? Yoxud Olmaliqda Qosimov-Berdiev, Qo'qonda Ashurmatov-Arveladze to'qnashuvi

Dekabrning sovuq haroratida O'zbekiston kubogi qaynoq o'yinlari bilan muxlislarning xonadoniga kirib bordi.

Superliga - 2020 yakuniga etgach, katta sahnaga kubok bahslari kirib keldi. Musobaqani 16 jamoa boshlagan bo'lsa yarim finalga kelib, eng kuchli va bir-biriga eng munosib jamoalar qoldi. AGMK, "Nasaf", "Qo'qon-1912", "Paxtakor", mana shu to'rt jamoadan ikkitasi 20 dekabr kuni Namanganda bo'ladigan final chiptasiga ega chiqadi. Kubok bahsi bitta uchrashuvdan iborat ekanligi va bu uchrashuvlarda yaqqol favoritning yo'qligi final uchun jang keskin kechishidan dalolat beradi. Lekin bu kubok, unda har qanday natija qayd etilishi mumkin. Keling yaxshisi yarim final o'yinlaridan oldin qiziqarli faktlar va malumotlarga to'xtalsak.

AGMK  "Nasaf"dan Qarshidagi mag'lubiyat alamini oladimi?

Qaysidir manoda finaldan oldin ishqibozlar yana bir ajoyib final guvohiga aylanishlari mumkin. Mazkur jamoalarning Superligadagi to'qnashuvida tenglik kuzatildi, birinchi davrada AGMK o'z maydonida 2:1 hisobida zafar quchgan bo'lsa, ikkinchi davrada Qarshida kechgan javob uchrashuvida mezbonlarning qo'li baland keldi 2:0. Lekin bu natijalar ertaga bo'ladigan uchrashuvda o'z ahamiyatini yo'qotishi shubhasiz, boisi bu yangi o'yin, g'olib faqat shu kuni aniqlanadi. "Nasaf" O'zbekiston kubogida ketma-ket ikki bor vodiyga safar qildi va ikkisida ham irodali o'yin ko'rsatgan holda g'alaba bilan ortga qaytdi. Eng qizig'i ikkita bahsda ham Ro'ziqul Berdiev shogirdlari qo'shimcha ekstra-taymlarda o'yin taqdirini hal qilishdi. Bu esa ularning jismoniy jihatdan yaxshi sport formasida ekanligini anglatadi. AGMK esa kubokda bir marotaba safarga chiqdi ("Lokomotiv" 3:0) va "Mettalurg"ni o'z maydonida qabul qildi (4:3). Mirjalol Qosimov uslubi jihatdan jismoniy tayyorgarlikka katta urg'u qaratishini bilamiz. 

Superligada katta kuch sarflanganiga qaramay jamoa xuddi "Nasaf" singari jismoniy jihatdan ayni paytda ajoyib holatda deyishimiz mumkin. Ro'ziqul Berdiev shu vaqtga qadar "Nasaf" bilan bir marotaba kubokda g'olib chiqqan (2015 yil), Mirjalol Qosimov esa "Bunyodkor" bilan uch marotaba ushbu turnirda bosh sovringa ega chiqqan (2010, 2012, 2013). Ertangi bellashuv oldidan ikki jamoa tarkibida ham yo'qotishlar bor. SHerzod Nasrullaev, Dilshod Saitov jarohat tufayli "ajdarlar"ga yordam bera olishmaydi. AGMK Sanjar Tursunov, Bobir Yuldashevlarning xizmatidan foydalana olmasligi aniq bo'lib ulgurgan. Tarozi pallasi qisman bo'lsada AGMKga tosh bosmoqda, bunga sabab esa ularning o'z maydonida o'ynashi. Lekin, ularning raqibi ham safarda qanday o'ynash kerakligini juda yaxshi bilishadi. Demak, ushbu qarama-qarshilikda yaqqol favorit yo'q. SHunday ekan barchasiga maydonda baho beramiz. 

Marko Stanoevich ("Nasaf" yarim himoyachisi): - Uchrashuvga doimgidek munosib tayyorgarlik ko'rdik. Bizni oson bo'lmagan o'yin kutayotganini tushunib turibmiz. Maydonda haqiqiy kurash kechishiga ishonaman. G'alaba uchun maydonga tushamiz. Kayfiyatimiz alo darajada, muxlislarimizdan bizni qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolaman.

Bobur Yo'ldoshev (AGMK himoyachisi): - "Nasaf" bilan o'yinga yaxshi hozirlik olib bormoqdamiz. Jamoadagi barcha qiyin o'yin bo'lishini his qilib turibdi. Finalgacha bir qadam qoldi. Hammasi shu bitta o'yinda hal bo'ladi. Jamoadoshlarimga ishonaman, maydonda bor kuchni ishga solib finalga yo'llanma olishga harakat qilamiz. Finalda o'ynash o'ylaymanki ko'pchilik uchun yoqimli hisoblanadi. 


Qo'qonda Baxtiyor Ashurmatov va SHota Arveladze dueli

Joriy mavsum ajoyib o'yinlari va natijalari bilan muxlislar mehrini qozona olgan "Qo'qon-1912" kubok yarim finalida o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi. Ushbu jamoalar kubok bahslarida uch marta to'qnash kelishgan. Bitta o'yinda durang natija qayd etilgan. Ikkita bahsda “Paxtakor”ning qo'li baland kelgan. Ko'pchilikning nazdida bu o'yinda poytaxt jamoasining imkoniyatlari yuqori. Qisman to'g'ri, tarkibdagi futbolchilarning darajasi va mahorati va boshqa jihatlardan "sherlar"da ustunlik bor. Lekin shoshilmaslikni so'rab qolamiz. Nega? Birinchidan Baxtiyor Ashurmatovda kubokda ishtirok etish borasida etarli darajada ko'nikma va tajriba shakllangan. U buni AGMKdagi faoliyati bilan isbotlay olgan. O'shanda "Paxtakor"ning mag'lub etilishini tasodifga yo'yganlar ham bo'lgan. Lekin, unga qadar Ashurmatov Toshkentda Qosimov murabbiyligidagi "Bunyodkor"ni, undan oldin esa "Mashal"ni mag'lub etgandi. Ikkinchidan doimgidek har qanday jamoaga o'z maydonida to'p tepish kichik ustunlik taqdim qilgani kabi qo'qonliklarga ham bu omil yordam berishi mumkin. 

"Paxtakor"ga esa ortiqcha tarif berishni hojati bo'lmasa kerak. O'tgan uch yil mobaynida SHota Arveladze qo'l ostida o'z uslubiga ega bo'ldi, amaldagi chempion va kubok sohibi hisoblanadi. Qolgan klublardan bir bosh ustunligini Superliga davomida guvohi bo'ldik. Haqiqatdan ular kuchli. Ushbu jamoalarning chempionatdagi o'yinlarida "Paxtakor" imkoniyat qoldirmadi. Birinchi davrada 3:1, ikkinchi davrada esa 2:0. "SHerlar" bu yil hisobidan ilk bor Qo'qonga tashrif buyuradi. Boisi mavjud sharoitdan kelib chiqib mavsumning dastlabki qismining so'nggi turlari markazlashgan holda poytaxtda o'tdi va unda nominal mezbon "Qo'qon-1912" bo'ldi.  Ikkinchi davrada esa jamoa Toshkentga keldi. Oxirgi marotaba o'tgan yili Qo'qonda mehmon bo'lgan "Paxtakor" etarlicha qarshilikka uchragan va oxirgi daqiqalarda SHohruh Mahmudxojievning dubli evaziga 2:1 hisobidagi g'alabani ilib ketgandi. Ertaga bo'lib o'tadigan o'yindan oldin qo'qonliklar tarkibida yo'qotishlar etarlicha. Suhrob Berdiev, Muzaffar Muzaffarov, Hamidullo Abduxamidovlar jarohat sabab ishtirok eta olmaydi. Filip Raevac, Ivan Yosovich, Yakuba Bamba kabi legionerlar shartnomasi yakunlangani sabab uyiga javob berib yuborilgan. "Paxtakor"dan Egor Krimec "Qizilqum" bilan uchrashuvda hakam tomonidan ogohlantirildi. Himoyachi chorak finalda "So'g'diyona" bilan bahsda ham sariq kartochka olgandi. SHu tariqa, Krimec yarim finalni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi. SHerzod Azamovda kichik jarohat bor. Ashurmatov va Arveladze boshchiligidagi jamoalar o'rtasidagi o'yinda g'olib kim bo'lishini ertaga bilib olamiz, boisi "Maydon tekis, to'p esa dumaloq". "Paxtakor" mavsumni oltin dubl bilan yakunlashni maqsad qilgan bo'lsa, "Qo'qon-1912" tarix yaratish yo'lida oldinga dadil qadam tashlamoqda.

"Baxtiyor akani kuboklardagi tajribalari katta. Buni AGMK jamoasi orqali isbotlaganlar. Endilikda buni "Qo'qon-1912"da takrorlamoqchimiz. Albatta, muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashi bizga qo'shimcha kuch beradi. Ulardan birinchi galda o'zlarini va yaqinlarini ehtiyot qilishlarini so'rab qolaman. SHundagina jamoamizga butun vujudlari bilan muxlislik qila olishadi. Qo'qonda jonkuyar muxlislar juda ham ko'pchilikni tashkil qiladi",- degan edi Sardor Azimov saytimizga bergan intervyusida.

Futboldan zavqlaning va bizni kuzatishda davom eting! 

Abdulaziz Iskandarov 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика