So’nggi yangiliklar

00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  0 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  2 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" – "Брайтон". Ҳусанов кутилганидек асосий таркибда!  9 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  1 23:03Испания Суперкубоги. "Барселона" ва "Атлетик" финал йўлида баҳс олиб боришмоқда.   4 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  7 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  101 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3

O'zbekiston kubogi. "Rubin" va "Zomin" guruh bosqichiga qadar qanday yo'lni bosib o'tishdi? Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Rubin" va "Zomin" guruh bosqichiga qadar qanday yo'lni bosib o'tishdi?

Teglar :  RubinZomin
Kecha O'zbekiston Coca Cola kubogida so'ngi uchinchi saralash bosqich uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Mazkur bosqichda Jizzaxning "Zomin" hamda Ohangaronning "Rubin" klublari o'zaro to'qnash kelishdi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o'tgan o'yin taqdirini penaltidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Birinchi bo'limning 25-daqiqasida zominliklar o'z jarima maydonlari ichida "Rubin"ning yosh hujumchisi Abdulboriy Vositjonovga nisbatan qo'pollik ishlatishdi. Bosh hakam tomonidan belgilangan penaltini Doniyor Inomov aniq amalga oshirib o'yindagi hisobni ochdi. Uchrashuv yakuniga qadar har ikki jamoa vakillarida to'p kiritish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, o'yinda boshqa gol urilmadi.

O'zbekiston Soca Cola kubogi.
Uchinchi saralash bosqich.
"Zomin" - "Rubin" 0:1
Zomin. "Zomin" markaziy o'yingohi.
Hakamlar:
SHuhrat Rajabov, Doniyor Qodirov, Bunyod Turdiev
Nazoratchi: Hushvaqt Muhtorov
Komissar: Qudrat Madraimov
Gol: Doniyor Inomov-pen., 25 (0:1)

SHu tariqa har ikki jamoa mazkur musobaqaning guruh bosqiga yo'l oldi. "Zomin" jamoasi “D” guruhidan o'rin olgan bo'lsa, "Rubin" klubi "E" guruhida o'ynaydigan bo'ldi.

"Zomin" jamoasi O'zbekiston Coca Cola kubogining saralash bosqichida kechagi o'yinga qadar quyidagicha natijalar qayd etgan.

Birinchi saralash bosqich.
"Zomin" - "Lochin" 6:0
Ikkinchi saralash bosqich.
"CHig'atoy" - "Zomin" 1:3

Ohangaronning "Rubin" klubiga esa saralashning uchinchi bosqichiga etib kelish oson bo'lgani yo'q. Jamoa saralashning birinchi va ikkinchi bosqichida 120 daqiqa davomida o'ynashga majbur bo'lgandi.

Birinchi saralash bosqich.
"Rubin" - "Lokomotiv-BFK" Asosiy va qo'shimcha bo'limlar 1:1. Penaltilar seriyasi - 4:1

Ikkinchi saralash bosqich.
"G'ijduvon" - "Zomin". Asosiy vaqt 0:0. Qo'shimcha bo'limlar 0:1

Birinchi liganing 1-turida "Jomboy" bilan bo'lib bahsdagi mag'lubiyatdan "Rubin" klubi bosh murabbiyi Yavor Nadjafaliev istefoga chiqarilgandi. Etiborlisi, ohangaronliklar kecha Zominga bosh murabbiysiz borishdi va yakunda g'alaba bilan qaytishdi. "Rubin" safida O'zbekiston Coca Cola kubogining saralash bahslarida 20 yoshli hujumchi Abdulboriy Vositjonov eng faol ishtirok etgan futbolchi sifatida qayd etiladigan bo'ldi. Yosh hujumchi saralash bahslarining birinchi va ikkinchi bosqichlarida gol urib raqiblari darvozasini ishg'ol etgan bo'lsa, kecha aynan unga ishlatilgan qo'pollikdan so'ng "Rubin" vakillari penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Malumot uchun, O'zbekiston Coca Cola kubogi uchinchi saralash bosqichida g'olib bo'lgan jamoa "E" guruhidan o'rin olsa, mag'lub bo'lgan jamoa esa "D” guruhiga joylashardi. Guruhlarga etibor qaratsak, "Rubin" jamoasi "E" guruhida "Nasaf", "So'g'diyona" va "Bunyodkor" klublariga qarshi kurashsa, "Zomin" "D” guruhida "Navbahor", "Olimpik" va "Oq-tepa" jamoalariga qarshi maydonga tushadigan bo'ldi. Bu o'rinda "Rubin" jamoasiga musobaqaning guruh bosqichida Superliga jamoalari ro'para kelganini hisobga olsak, ohangaronliklarga birmuncha qiyin bo'lishi turgan gap.



Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика