So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  0 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

O'zbekiston kubogi. "Qizilqum" "Lokomotiv"dan sovuq "dush" qabul qilib oldi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Qizilqum" "Lokomotiv"dan sovuq "dush" qabul qilib oldi

O'zbekiston kubogi nimchorak final doirasidagi "Lokomotiv" - "Qizilqum" qarama-qarshligining dastlabki uchrashuvi bo'lib o'tdi.


- Uchrashuv belgilangan vaqtdan 15 daqiqa oldin boshlanib ketdi.

"Lokomotiv" jamoasining 6-daqiqa tashkil etgan hujumini Marat Bikmaev aniq zarbasi bilan samarali yakunladi - 1:0.

Jaloliddin Masharipov jarima zarbasini ajoyib tarzda ijro etdi va hisobni 2:0ga etkazdi.

Uchrashuvning 38-daqiqasida "Lokomotiv"ning chap qanotdan uyushtirgan hujumi naf keltirdi. Oleg Zoteevning oshirib bergan to'pini Diyor Turopov boshi bilan darvozani nishonga oldi va hisobni yiriklashtirdi - 3:0.

Tanaffusga qadar bir daqiqa qolganida Jaloliddin Masharipovdan ajoyib gol! Masharipov raqib himoyasidagi uch futbolchini juda chiroyli tarzda aldab o'tdi va darvozabonni ustidan to'pni tashlab qo'yib, tablodagi hisobni - 4:0ga keltirdi.

- Birinchi taym tugadi. Hozircha mezbonlar mehmonlarni ayab o'tirishayotgani yo'q.

- Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Diyor Turopov o'zining ajoyib zarbasi bilan darvozaning to'qqizligini aniq nishonga oldi - 5:0.

Uchrashuv to'liq maydon egalarining ustunligi ostida o'tdi. "Qizilqum" "Lokomotiv"ga hech qanday qarshilik ko'rsata olmadi.

SHu tariqa "Lokomotiv" jamoasi nimchorak final uchrashuvining dastlabki bahsida "Qizilqum"ni yirik hisobda tor-mor keltirdi.

Javob bellashuvi 30 may kuni Navoiyda bo'lib o'tadi.


23 may (seshanba)
18:30- Lokomotiv – Qizilqum 5:0

Toshkent “Lokomotiv” stadioni.
Hakamlar
:  Baxtiyor Namozov, Ruslan Serazitdinov, Rinat Nugmanov, Jasur Muxtarov.

Gollar: Marat Bikmaev (6), Jaloliddin Masharipov (18, 44), Diyor Turopov (38, 74)
“Lokomotiv”: 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze (42. Muhammad Kone, 64), 10. Marat Bikmaev (22.Murod Bobojonov, 62), 11. Sadriddin Abdullaev (29.Quvondiq Ro'ziev, 70), 15. Sardor Mirzaev, 18. Timur Kapadze, 28. SHuhrat Muhammadiev, 33. Oleg Zoteev, 37. SHerzod Fayziev, 77. Diyorjon Turopov, 99. Jaloliddin Masharipov.
Zaxiradagilar: 12. Mamur Ikromov, 17. Salim Mustafoev, 22. Murodbek Bobojonov, 29. Quvondiq Ro'ziev, 42. Muhammad Kone, 78. Azizbek Amonov, 80. Farruh Ibragimov

“Qizilqum”
: 22. Artem Makosin, 3. SHukurali Po'latov, 4. Erkin Boydullaev (s), 8. Akmal Rustamov, 9. Otabek Zokirov, 10. Vohid SHodiev (15.Azamat Allaniyazov, 71), 17. Artur Gevorkyan, 19. Jasur Hasanov, 25. Azizbek Usmonov (23. SHerali Jo'raev, 46), 27. Ilhom Yunusov, 85. Andrey Derkach (2.Viktor Grigorev, 46).

Zaxiradagilar: 16. Umidjon Xonimqulov, 2. Viktor Grigorev, 7. Bexzod Mirzamurodov, 15. Azamat Allaniyazov, 18. Samandar SHodmonov, 23. SHerali Jo'raev, 77. Bekzod G'anijonov.

Ogohlantirish: SHerali Jo'raev (90)

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика