O'zbekiston Kubogi prevyusi: "Paxtakor" - "Qo'qon-1912"
25 may 2014 13:18
Yangiliklar
O'zbekiston Kubogi prevyusi: "Paxtakor" - "Qo'qon-1912"
25 may, yakshanba kuni O'zbekiston Kubogida nimchorak final javob o'yinlari boshlanadi.
Dastlabki uchrashuvda Qo'qonda 0:0 hisobida durang o'ynagan "Paxtakor" Toshkentda "Qo'qon-1912"ni sinovdan o'tkazadi. Qo'qonliklar birinchi liganing sharqiy mintaqasida oxirgi 3 o'yinda 4 ochko to'plashdi. Asosan mahalliy futbolchilar bilan o'ynayotgan jamoa o'zidan yomon taassurot qoldirmayapti. "Paxtakor" stadionidagi bellashuv Rustam Abdullaev shogirdlarining jamoaviy o'yin darajasini ko'rsatib beradi.
Jamoalar tarkibida diskvalifikaciyaga uchragan futbolchilar yo'q. Bu esa uchrashuvning yanada keskin o'tishini taminlashi turgan gap. O'zbek futbolining eng sovrindor va eng birinchi jamoasining davomchilari ishtirokidagi o'yin ishqibozlarni befarq qoldirmasa kerak.
"Paxtakor" va "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi bahs 25 may, yakshanba kuni "Paxtakor" Markaziy stadionida soat 19:00da boshlanadi. Muxlislarni stadionga chorlab qolamiz.
"PAXTAKOR" - "QO'QON-1912"
Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abduhamidillo Rasulov (Toshkent), Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston), Viktor Serazetdinov (Toshkent)
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent).

Fikrlar