So’nggi yangiliklar

21:10"Челси" ҳужумчиси рекорд суммага сотилади  0 21:10Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" – "Навбаҳор" 0:0 (матнли трансляция)  113 21:00Ўзбекистон кубоги. "Андижон" - "Сурхон" 0:0 (матнли трансляция)  22 20:48Эронда легионерларимиз дербиси бўлади!  0 19:48Расман: Англия терма жамоаси дарвозабони "Саутгемптон"га ўтди  4 19:20Клопп дўстини қўллаб-қувватлаш учун Паралимпия Ўйинларига борди  1 18:53Конференциялар Лигасига қура ташланди: "Челси" Қозоғистонга боради, "Бетис" Молдовага сафар қилади  0 18:35Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси U-20 Осиё Кубоги саралаш баҳсларида қатнашиш учун Хитой Тайпейига йўл олади  0 18:06Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 17:55"Пахтакор" ва "Навбаҳор" "Жар"га етиб келди  4 17:39Машҳур инсайдер: Элдор Шомуродов "Рома"да қолиши аниқ  6 17:21"Пахтакор" Элит ОЧЛдаги учрашувларини "Жар"да ўтказади  8 17:03Европа Лигаси янги мавсумига қуръа ташланди: МЮ "Порту" билан, "Тоттенхэм" "Рома" билан ўйнайди  3 16:47Абдуқодир Ҳусанов — "Панатинаикос" - "Ланс" учрашувининг энг яхши футболчиси!  5 16:05Ўзбекистон терма жамоаси собиқ ҳимоячиси: "Жаҳон чемпионатига чиқишимизга ишоняпман. Бундан яхши имконият бўлмайди"   3

O'zbekiston kubogi. "Paxtakor" – "Navbahor" 0:0 (matnli translyaciya) Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Paxtakor" – "Navbahor" 0:0 (matnli translyaciya)

O'zbekiston kubogi yarim finali doirasidagi "Paxtakor" – "Navbahor" uchrashuvi boshlandi.

Paxtakor

O'zbekiston Kubogi. 6-tur

30/08/2024, 19:00

0
:
0
1-ekstra taym

Navbahor

45'
90'
43'  Umar Adhamzoda
55'  Xozhiakbar Alizhonov
77'  Sardor Sobirxo’jayev (Ibrohim Ibragimov)
77'  Dostonbek Hamdamov (Otabek Jo'raqo'ziev)
15'  Jamshid Iskanderov
30'  Filip Ivanovich
32'  Giorgi Nikabadze
63'  Giorgi Nikabadze (Asadbek Jo'raboev)
74'  Siyavash Haqnazariy (Ruslanbek Jiyanov)
74'  Komiljon Tojiddinov (Saidazamat Mirsaidov)
84'  Abror Ismoilov (Navro'zbek Iminjonov)
90'  Farrux Sayfiev
90'  Farrux Sayfiev

O'zbekiston kubogi

1/2 final

"Paxtakor" – "Navbahor" 0:0

30 avgust. Toshkent. "Jar" stadioni. 19:00

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Qanot hakamlari: Andrey Capenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Akobirxo'ja SHukurullaev 

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Rishat Nugmanov 

Nazoratchi: Vladislav Ceytlin

Komissar: SHohruh Said

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 3.SHahzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullaev, 7.Hojiakbar Alijonov, 10.Dragan CHeran, 17.Dostonbek Hamdamov (30.Otabek Jo'raqo'ziev, 77), 22.Umar Adhamzoda, 23.Abdruaf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (9.Ibrohim Ibragimov, 77), 33.Doniyor Abdumannopov, 44.Mahmudjon Mahammadjonov.

Zaxira: 35.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov, 99.Ulug'bek Hoshimov.

"Navbahor": 35.Sanjar Quvvatov, 8.Siyavash Haqnazari (17.Ruslan Jiyanov, 74), 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jamshid Iskanderov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev, 21.Giorgi Nikabadze (88.Asad Jo'raboev, 63), 23.Yovan Jokich, 34.Farruh Sayfiev, 55.Komil Tojiddinov (12.Saidazamat Mirsaidov, 74), 77.Abror Ismoilov (71.Navro'zbek Iminjonov, 84).

Zaxira: 18.Eldor Suyunov, 4.Abror Karimov, 7.Azim Ahmedov, 19.SHerzodbek Abdulboriev, 22.Toma Tabatadze.

Ogohlantirish: Jamshid Iskanderov (15), Filip Ivanovich (30), Giorgi Nikabadze (32), Umar Adhamzoda (43), Hojiakbar Alijonov (55), Farruh Sayfiev (90+3).

CHetlatish: Farruh Sayfiev (90+4).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



95. Xavfli vaziyat! Iskanderov raqib jarima maydoniga yaqin nuqtadan chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi, ammo uning urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

91. Uchinchi bo'lim boshlandi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Endilikda qo'shimcha bo'limlar guvohiga aylanamiz.

90+4. Sayfiev hakamga etiroz bildirgani uchun dastlab ogohlantirildi, so'ngra etirozini davom ettirgani uchun maydondan chetlatildi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Xavfli vaziyat! "Navbahor" futbolchilarining standarti zarba bilan yakunlandi, lekin Nazarov hushyorlikni yo'qotmadi. 

88. Mirsaidovga nisbatan Adhamzoda tomonidan hujumda fol ishlatildi.

84. "Navbahor" o'zgarishga qo'l urdi.

81. "Navbahor" jarima zarbasini kombinacion tarzda amalga oshirdi, ammo yakunda to'pni Nazarov egallab oldi.

79. "Paxtakor"da standart vaziyat yuzaga keldi, ammo mezbonlar bundan foydalana olmadi.

77. "Paxtakor"da ham ikki o'zgarish ro'y berdi.

74. "Navbahor"da ikki o'zgarish amalga oshirilmoqda.

71. Zarba! Bo'riev uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi, biroq uning urinishi ko'ngildagidek chiqmadi.

69. Xavfli vaziyat! "Paxtakor" futbolchilarining yana o'ng qanotdan uzatmasidan so'ng CHeran noaniq zarba yo'lladi. 

68. Xavfli vaziyat! Boltaboev o'ng qanotdan Adhamzoda tomon uzatilgan to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

66. Nazarov yana to'pga chiqishda jamoadoshlarini xavotirga soladigan harakat amalga oshirdi.

63. "Navbahor"da o'zgarish: Jo'raboev Nikabadzeni almashtirdi.

62. "Paxtakor" standart vaziyatga ega bo'ldi. Alijonovning uzatmasini Nikabadze maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

57. Xavfli vaziyat! Ismoilovning raqib jarima maydonidan chap oyoqda yo'llagan zarbasi ancha yuqorilab ketdi.

55. Alijonov 55-daqiqada 55-raqamli raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

51. Nazarov yana kichik xatoga yo'l qo'ydi, u tepgan to'p Nikabadzega tegib, darvozasi tomon yo'l olayotgandi. "Paxtakor" darvozaboni to'pga vaqtida ulgurdi.

47. "Navbahor"ning tezkor qarshi hujumi Nikabadzening zarbasi bilan yakunlandi, to'p "Paxtakor" futbolchisiga tegib, maydonni tark etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+5. Hamdamov raqib jarima maydoniga kirib bordi, biroq to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi. 

45. Birinchi bo'limga 9 daqiqa qo'shib berildi.

45. Xavfli vaziyat! CHeranning olisdan chap oyoqda yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi, to'p yo'l-yo'lakay raqib futbolchisiga tekkan ekan.

43. Adhamzoda Hamrobekovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

42. Xavfli vaziyat! Alijonovning uzatmasi zarbaga aylanib ketib, darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi.


39. Hamdamovning jarimadan uzatgan to'pini Quvvatov mushtlari bilan urib yubordi.

O'yinda to'xtalish yuzaga keldi. Aniq malumot bilmaymiz. O'yin bir muddat to'xtab qoldi.

32. Yana "Navbahor" futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatildi. Bu safar Nikabadze Abdumannopovga nisbatan xavfli o'yin namoyish etgani uchun ogohlantirildi. Mehmonlar dastlabki yarim soat ichidayoq uch marotaba jazolandi. 

30. Maydon markazida CHeranga nisbatan qoidabuzarlik sodir etgan Ivanovich ogohlantirildi.

28. Mehmonlar tomonidan tashkillashtirilgan hujum Ismoilovning zarbasi bilan yakunlandi. Ammo u o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan.

23. Xavfli vaziyat! Nazarov to'pga chiqishda xatolikka yo'l qo'yib, Haqnazariyga pas berib yubordi. Eronlik yarim himoyachining deyarli bo'sh qolgan darvozaga zarbasi kuchli chiqmagani bois "Paxtakor" darvozaboni o'z xatosini to'g'riladi. 

19. Xavfli vaziyat! Jarimadan uzatilgan to'pga Azmiddinov bosh bilan zarba yo'lladi, biroq uning urinishiga biroz aniqlik etishmadi. U bilan to'qnashib ketgan Nikabadzega tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

18. Abdumannopov qarshi hujumga o'tgan chog'i Hamrobekov tomonidan qoidabuzarlik evaziga to'xtatildi.

15. Iskanderov Sobirxo'jaevga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi va raqibidan uzr so'radi. Hakam VAR bilan aloqaga chiqdi, ammo qarorini o'zgartirmadi.

13. Xavfli vaziyat! Iskanderovning jarimadan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, to'p mezbonlar vakili boshidan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

10. "Navbahor" burchak zarbasi amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ldi, ammo mezbon himoyachilar vaziyatni bartaraf etdi.

10. Hakam VAR bilan Sayfievning ehtimoliy chetlatilishini muhokama qildi, ammo bunga asos topilmadi.

8. Sobirxo'jaevning olis masofadan yo'llagan zarbasi sekin va noaniq ko'rinish oldi.

7. "Navbahor" yaxshi hujum tashkillashtirdi, biroq Haqnazariy hujumni ko'nglidagidek yakunlay olmadi.

3. Alijonovga nisbatan Tojiddinov tomonidan qo'pollik ishlatildi. "Navbahor" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Paxtakor" oq, "Navbahor" ko'k rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

+8   
30 avg 21:07:20
namangan kosonsoy
Ман Навбахор мухлисиман. Сайфиевга тугри курсатилди кизил. Тан олайлик хакамга босим утказаверди сарикдан кейин. Пахтакор агар ютса хакли ютади. Хакамни ёрдамисиз
+8   
30 avg 19:53:24
BXZ BXZ
Olg'a foydalanuvchining fikriga javob berish
Cheranga yordam ko'rsatildi nimaga tashqariga chiqmadi
Футбол койидасини озгина бу́лса хам у́киб чикинг шунда савол колмайди.
+5   
30 avg 21:04:23
К.А.А 
Одилдан тўп майдон ташқарисига чиқвотику,нега судя сотилдига чиқарворасила,кўрмасдан туриб тухмат қилиш яхши эмас.
+5   
30 avg 21:01:55
JUVE & LIV
Сайфиев ўзига ўзи тилаволди бошқа гап йўқ !!!
+4   
30 avg 21:04:43
Азим Исмаилов
Сайыиев хакикий хулиган
+4   
30 avg 20:58:19
Ibragim Nishanov
Навбахорчилар кўт ковламасдан ўйинни кузатса бўладими, доимо ҳали хакам, ҳали шархловчи. Шархловчини нима даҳли бор. Ўйнасин команделар, қўлидан келса зўр бўлса 10 та урсин тан берайлик зўр ўйнади деб. Команделар ютказса доимо хакам айбдор ёки ўйин сотилган.
+4   
30 avg 19:36:15
Уз.
Судя тошкентга ён босябти 3та сарик
+3   
30 avg 21:14:23
Leicester City
Paxtakor sovrinsiz qolmasligi uchun hakamlar Paxtakorga yon bosyaptimi?
+3   
30 avg 21:14:17
Leicester City
Paxtakor sovrinsiz qolmasligi uchun hakamlar Paxtakorga yon bosyaptimi?
+3   
30 avg 21:09:28
Тўлқин Хайит
Сайфиев Пахтакорга зўр ёрдам қилди. Бир футболчини собиқ жамоасига ёрдами шуда.
+3   
30 avg 21:06:26
Тож
Сайфиевни нафақат майдондан, балки футболдан хайдаш керак. Фойдасидан кўра зарари кўпроқ тегяпти, МТЖга хам.
+3   
30 avg 21:04:51
Shuxratcik Fcb
Sayfiev sobiq kamandasiga yordam berdimi shunda
+3   
30 avg 21:04:00
قهرمان
Бляд Бабаян даврила йук жойдан куйилган пеналтилага ҒИНГ димаган хамма , битта аутга жазавага тушвоти.
+3   
30 avg 20:58:52
ArsaBarsa
Hamrobekovdan chiqib ketdiku muxlislarga ko’rinmaydida bu. Yon chiziq hakami oldida edi.
+3   
30 avg 20:58:14
Maruf Tuxtayev
Нима бусаям йиглевурарканда бля. Ютолмисанла барбир Гуличкала))))
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика