So’nggi yangiliklar

17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  1 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  1 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  2 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  15 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  8 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  5 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5

O'zbekiston Kubogi. "Paxtakor" azolarining finaldan oldingi fikrlari qanday bo'ldi? Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi. "Paxtakor" azolarining finaldan oldingi fikrlari qanday bo'ldi?

Ertaga O'zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Unda "Paxtakor" va AGMK klublari to'qnash keladi. Bugun ushbu o'yindan oldingi matbuot anjumani "Samarqand darvoza" majmuasida bo'lib o'tdi.

Anjumanning birinchi qismida "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze, futbolchilar Egor Krimec, Jalol Masharipov, Igor Sergeev va Odil Hamrobekov ishtirok etdi.

SHota Arveladze: - Birinchi navbatda tashkilotchilarga futbolga oid tadbir nafaqat stadionda, balki shunday joyda o'tkazilayotgani uchun rahmat aytaman. Biz ham omma oldiga boramiz. Yigitlarga ajoyib o'yin va natijalar uchun minnatdorchilik bildiraman. Muxlislarga ham katta rahmat. O'tgan yili ushbu raqibga finalda imkoniyatni boy bergandik. Biz o'yinga jiddiy tayyorlandik. Ertaga g'alaba qozonishni istaymiz.


Igor Sergeev: - Bunday odam ko'p joyda o'zimni biroz yo'qotib qo'yishim mumkin. Muxlislarimizga meni ruhan qo'llab turishganiga rahmat deyman. Bir yil oldin finalda yutqazgandik. Bu juda alamli bo'lgandi. Ertaga keskin o'yin kechadi va nasib qilsa, biz revansh olamiz.

Jaloliddin Masharipov: - Assalomu alaykum! O'yinlarimizni ko'rib, qo'llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik aytaman. Ertaga stadionga kelinglar, biz CHempionlar Ligasida bo'lganidek chiroyli futbol ko'rsatishga urinamiz. Oldimizga har uch musobaqada g'olib chiqish maqsadini qo'yganmiz. Buning uchun harakat qilamiz.


Odiljon Hamrobekov: - Finalni muxlislar singari biz ham kutyapmiz. Ertaga muxlislardan stadionga kelishni so'rab qolaman. Biz chiroyli futbol namoyish qilishga intilamiz.

Egor Krimec: - Adashmasam, ikkinchi marta matbuot anjumani shunday ajoyib joyda o'tkazilmoqda. Ko'p gapirmayman, ertaga jamoamiz maydonda gapiradi. Biz oldimizda turgan shu uch chiroyli kubokni qo'lga kiritishga intilamiz. Ishqibozlarni stadionga taklif etamiz.


- Ertaga jamoa qanday o'ynaydi?

- SHota Arveladze: - Biz sirlarimizni ochib o'tirmaymiz. Syurpriz bo'lsin. "Paxtakor" uchun mos hujumkor futbol ko'rsatishda davom etamiz.

- 2015 yil O'zbekiston Kubogini "Nasaf"da Erkin Boydullaev bilan birga qo'lga kiritgansiz. Ertaga unga qarshi o'ynaysiz. Bunga qanday fikr bildirasiz?
Odiljon Hamrobekov: -
Yoshligimizdan bizga ko'p narsalarni o'rgatgan. Ammo ertaga biz raqibmiz. Hakam hushtagi chalinishi bilan raqiblarga aylanamiz. O'yingacha va o'yindan keyin aka-ukalik davom etadi.


- Kubok finali oxirgi yillarda viloyatlarda bo'lgandi. Bu yil uning Toshkentda o'tkazilishi qanchalik ahamiyatli?
SHota Arveladze:
- Yaxshi maydon va sharoit bo'lsa, qaerda o'ynashning katta farqi yo'q. CHiroyli futbol ko'rsatishga sharoit bo'lsa etarli. O'ylashimcha, ertaga stadion to'ladi, maydon yaxshi holatda. Tashkiliy ishlar yuqori darajada ado etiladi.

SHota Arveladze: - Ertaga mavsum davomida o'zini ko'rsatgan va hozirda eng yaxshi holatda bo'lgan futbolchilar maydonga tushadi. Yoshlarga esa doim imkoniyat beriladi.

- "Paxtakor" ertaga O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritadimi?
Odiljon Hamrobekov: -
CHempion bo'lganimizda ishqibozlarimizning xursandchiligidan maza qildik. Ertaga ham shuni uddalashga intilamiz.


Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика