So’nggi yangiliklar

10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  3 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  6 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  14 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  1 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  3 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  1 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  3 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3

O'zbekiston kubogi. OKMK "Navbahor"ni penaltilar seriyasida mag'lub etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. OKMK "Navbahor"ni penaltilar seriyasida mag'lub etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Bugun O'zbekiston kubogi yarim final bahslari yakunlandi.

O'zbekiston kubogi. 1/2 final
19 oktyabr, 18:00
OKMK - "Navbahor" 2:2 (penaltilar seriyasi - 4:3)
Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchilar: Rishat Nugmanov, Aleksandr Sidorov.
Zaxira hakami: Farrux Yansupov
VAR: Rahimbek Karimov
AVAR: Andrey Sapenko
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Bekzod Aripov

Gol: 0:1 — 10, Jamshid Iskanderov, 1:1 — 13, Ruben Sanches, 2:1 — 28, Martin Boake, 2:2 — 70, Akrom Komilov (avtogol).

OKMK — 1. Botirali Ergashev, 2. Akram Komilov, 3. Sardor Rahmonov, 5. Anzur Ismoilov, 9. Ruben Sanches (4. Mirjamol Qosimov, 72), 10. Xurshid G'iyosov, 15. Oybek Rustamov, 17. Sanjar Tursunov, 27. Martin Boake (14. Mirjahon Mirahmadov, 86), 29. Vitayliy Denisov, 88. Siyavash Haqnazari (19. Muhammadanas Hasanov, 27 (24. Murat Ermatov, 105)).
Zaxira: 25. Valijon Rahimov, 7. Dilshodbek Ahmadaliev, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 34. Ulug'bek Sunnatov, 38. Sirojiddin Bashriddinov.

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 7.Oston O'runov, 8.Jasurbek Yaxshiboev (17.Abrorbek Ismoilov, 46), 10.Jamshid Iskanderov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev, 21.Temurxo'ja Abduholiqov (91.Toma Tabatadze, 62 (4.Azim Ahmedov, 82)), 22.Igor Golban, 77.Asadbek Sobirjonov (19.Doniyor Abdumannopov, 46)
Zaxira: 12.Ignatiy Nesterov, 20.Muzaffarxon Mo'minov, 27.SHahboz Jo'rabekov, 31.Luka CHermel, 98.Davronbek Olimjonov.

Ogohlantirishlar: Jamshid Boltaboev (45+2), Milosh Milovich (62), Doniyor Abdumannopov (66), Martin Boake (77), Ibrohim Yo'ldoshev (80), Akram Komilov (92), Oybek Rustamov (90+2), Azim Ahmedov (90+6), Samvel Babayan (105).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

G'iyosov - gol! 

Iskanderov - gol!

Qosimov - gol!

Abdumannopov - noaniq!

Rahmonov - gol!

Ivanovich - gol!

Mirahmadov - gol!

Boltaboev - gol!

Tursunov - noaniq!

O'runov - noaniq!

120. Asosiy va qo'shimcha bo'limlarda g'olib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasi tomosha qilamiz.

120. To'rtinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

115. O'runov burchak zarbasi ishlashga harakat qildi, ammo to'p uning o'zidan maydonni tark etdi.

110. Komilov stadionga tashrif buyurgan klub muxlislariga to'p sovg'a qildi.

106. To'rtinchi bo'lim boshlandi.

Uchinchi bo'lim yakunlandi.

105. Uchrashuvni tomosha qilayotgan ko'pgina futbol ishqibozlari uchun xushxabar: Babayanga sariq kartochka ko'rsatildi.

104. Qosimovning zarbasidan so'ng Yusupov to'pni qaytardi va jarohat oldi.

103. "Navbahor" jarima maydoni yonida jarima zarbasi belgilandi.

100. Bayroqcha yonida turgan Iskanderov jarima maydonidagi futbolchilarning daraxtlarni kesish tabiatga qay darajada zarar etkazayotgani to'g'risidagi muhokamaning tugashini kutib turibdi.

96. G'iyosov uchrashuvga nuqta qo'yishi mumkin edi!

93. Ikki jamoa futbolchilari o'rtasidagi dahshatli to'qnashuv sodir bo'ldi. Yo'ldoshev darvoza ustuniga borib urildi. Ergashev to'pga chiqishda sal qolsa raqibini Neymarning hozirgi darajasi bilan tenglashtirib qo'yardi.


91. Uchinchi bo'limni mehmonlar xavfli hujum bilan boshladi. 

Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi. Endi qo'shimcha bo'limlarga navbat!

90+6. Ahmedov zaxiradan maydonga tushgach, ko'zga ko'rinarli ish qildi: unga sariq kartochka ko'rsatildi.

90+4. Mirahmadovning zarbasi mo'ljalga aniq bordi. Faqat u raqib darvozasini nishonga olmagandi.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

84. Ismoilovning tepgan to'pi darvoza to'siniga tepib, peshonasini shishirib oldi.

82. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Tabatadze jarohat olib, maydonni tark etdi. Ahmedov o'yinga qo'shildi.

80. Kartochka olish navbati Yo'ldoshevga etib keldi.

77. Biroz avval raqibiga nisbatan qanday harakat qilgan bo'lsa, Boake xuddi shunday iltifotni Milovichdan qabul qilib oldi.

74. Qosimovning jarimadan yo'llagan zarbasi otasining urinishiga o'xshashiga bir bahya qoldi.

70. GOL! Akrom Komilov raqibdan tashabbus chiqavermagach, o'yinni qizg'inroq o'tkazish maqsadida o'zi darvozasini ishg'ol qilib qo'ya qoldi.

66. Raqib futbolchisiga oyoq ko'targani uchun hakam Abdumannopovga qarata qo'lini yuqoriga ko'tardi.

60. Oxirgi vaqtlarda tortib olishlar ko'paymoqda. Qaerdadir fermerlarning eri tortib olindi, hozir vaziyatda "Navbahor" futbolchisidan so'roqsiz to'p olib qo'yildi.

56. Hasanovning zarbasi kuchli chiqqanini raqib himoyachisi Yo'ldoshevning maydonda oyog'ini ushlagan holda dod-voylayotganidan ham sezish mumkin.

51. Rustamov jamoasining hujumini davom ettirish uchun yon hakamga to'pni oshirdi. Assistent esa uni tushunmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Navbahor" murabbiyi ikkita o'zgarishga qo'l urdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+3. Boakening keskir buyumga o'xshash uslubdagi zarbasi kuchsiz chiqdi. 

45. Birinchi bo'limga birinchi bo'limda urilgan gollar miqdoriga teng daqiqa qo'shib berildi.

43. Telefonimdagi musiqa pleystini o'chirib qo'ydim. Sababi muxlislar baralla ovozda hakamlar madh etilgan mashhur qo'shiqni jonli ijroda kuylashmoqda.

37. OKMK himoyasi asta-sekin mustahkamlanmoqda. Toshkentliklar qo'rg'oniga jilo berish ham, shisha o'rnatish ham kerak emas.

34. Boltaboev to'pni Boakega osongina o'tkazib yubordi. Yarim himoyachi bundan avval mahalliy yo'nalishdagi poezdda ishlamaganmi mabodo?

28. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL! Boake "Navbahor" himoyachisining tuhfasini minnatdorichilik bilan qabul qildi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi!

27. OKMK tarkibida majburiy o'zgarish yuz berdi. Jarohat olgan Siyavash Haqnazari o'rniga Muhammadanas Hasanov maydonga tushdi.

26. Eronlik yarim himoyachiga tibbiy yordam ko'rsatildi.

18. O'runov Haqnazariyga nisbatan o'yin qoidasini buzmagan holda to'pni olib qo'ydi.

13. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL! OKMK darhol hisobni tenglashtirdi! Ushbu golda uch kishi mehnat qildi: pas bergan Rustamov, hujumni ajoyib yakunlagan Sanches hamda tabloga javobgar kishi.


10. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL! Iskanderov jarima zarbasini mukammal amalga oshirdi! Sovuqda tomog'im og'rishidan cho'chiganim uchun Olmaliqdagi o'yinga bormagandim. Mana endi issiqqina binoda keragidan balandroq baqirganim uchun "Doktor Mom" pastilkasini shimib o'tiribman.

8. ZARBA! Iskanderov–Abduxoliqov kombinaciyasidan so'ng Temirxo'janing xavfli zarbasi raqib himoyachisiga teggani uchun darvozaga aniq bormadi. 

5. Mazur tuting, hozirgi vaziyatda bir narsa biroz o'ylantirib qo'ydi. Oxirgi haftada qaysi biri ko'proq yuqoriladi: Rustamovning zarbasimi yoki UzAvtomotors mashinalari narxi?

1. Sovuq havo haroratidagi "qaynoq" o'yin boshlandi.

Bugun OKMK to'k ko'k, "Navbahor" esa oq rangli liboslarda harakat qiladi. 

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Olmaliq shahridagi "Markaziy" stadionda O'zbekiston kubogi 1/2 finalidan o'rin olgan OKMK — "Navbahor" uchrashuvi guvohiga aylanamiz.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика