So’nggi yangiliklar

20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  0 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  0 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  3 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  8 18:28Суперлига. "Хоразм" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  10 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  4 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  5 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  40 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   5 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0

O'zbekiston kubogi. "Nasaf" "Navbahor"ga etib oladimi? Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Nasaf" "Navbahor"ga etib oladimi?

30 oktyabr kuni futbol bo'yicha mamlakat kubogining final uchrashuviga guvoh bo'lamiz.

Saytimiz o'quvchilari talabiga binoan musobaqa tarixidagi barcha g'oliblar ro'yxatini keltiramiz:

1. "Paxtakor" — 13 karra (1993, 1997, 2001-2007, 2009, 2011, 2019, 2020)

2. "Bunyodkor" — 4 karra (2008, 2010, 2012, 2013)

3. "Navbahor" — 3 karra (1992, 1995, 1998)

4. "Neftchi" — (1994, 1996)

5. "Nasaf" (2015, 2021)

6. "Do'stlik" (2000)

7. AGMK (2018)

Demak, 24 yildan keyin final yo'llanmasini qo'lga kiritgan namanganliklar ertaga kubokni 4-marta "o'zlashtirishga" harakat qilishadi. O'zining 8-finaliga chiqayotgan "Nasaf" esa bu borada "Navbahor"ga etib olishi mumkin. Ammo bu juda qiyin bo'ladi. CHunki "ajdarlar" 2 yildan beri Namangan "lochinlar"ini enga olishmayapti.

2021 yil

Superliga, 3-tur. "Navbahor" 0:0 "Nasaf"

Superliga, 16-tur. "Nasaf" 0:1 "Navbahor"

2022 yil

Superliga, 1-tur. "Navbahor" 0:0 "Nasaf"

Superliga, 14-tur. "Nasaf" 0:1 "Navbahor"

"Nasaf"ning "Navbahor" ustida qozonilgan oxirgi g'alabasi 2020 yilgi kubokning chorak finaliga to'g'ri keladi. 

"NAVBAHOR" – "NASAF" 1:2 

Gollar: Stanoevich 16, Mahmudhojiev 90+5, Norchaev 107.
12 dekabr 2020 yil. Namangan. "Markaziy" stadioni. 16:00
Hakamlar
: Zokir Qodirov, Ruslan Serazitdinov, Ruslan Samandarov, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev 

"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 4.Ehsoni Panshanbe, 7. Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Azizbek Turg'unboev (70.Abbosjon G'ulomov 89), 18.Sardar Telyakov (5.G'iyosjon Komilov 89), 19.Mirzohid G'ofurov, 20. Davronbek Hoshimov (25.SHohruh Mahmudxojiev 82), 22. Igor Golban, 27. Islom Rashidxonov, 95.Zabihillo O'rinboev.

Zaxira: 23.Dilshod Hamraev, 8.Jovlon Ibrohimov, 11.Islomjon Isoqjonov, 28.Xurshidbek Muxtorov, 30.Abjujamol Isroilov, 33.Tohirjon SHamsiddinov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev, 10.Bobir Abduxoliqov (19.Husayn Norchaev 80), 14.SHarof Muhitdinov, 15.Jo'rabek Mannonov, 20.Islom Kenjaboev ( 50.SHoxmalik Komilov 90+2), 22.Akmal Mozgovoy, 77.Oybek Bozorov (17.Faysal Traore 117), 88.Marko Stanoevich (7.Dilshod Rahmatullaev 80), 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 13.Azamat Soyibov, 21.Mashhurjon Mahammadjonov, 18.Javohir Esonqulov, 70.Abubakrizo Turdaliev.

Ogohlantirishlar: Eshmurodov 59, Aliqulov 65, Nematov 93, Mahmudxojiev 116.

Yuqoridagi lavhani, albatta, tomosha qiling. Mazkur jamoalarning 2020 yilgi to'qnashuvi tuman ostida 120 daqiqa davom etgan edi.

Muallif :
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика