O'zbekiston kubogi: “Lokomotiv” bugun chorak final yo'llanmasi uchun “Qizilqum” bilan bahs yuritadi
31 may 2017 14:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/256813_original.jpg)
![](/upload/storage/256813_220.jpg)
O'zbekiston kubogi: “Lokomotiv” bugun chorak final yo'llanmasi uchun “Qizilqum” bilan bahs yuritadi
Yodingizda bo'lsa, ushbu jamoalarning yaqindagina Toshkentda bo'lib o'tgan ilk qarama-qarshiligida “temiryo'lchilar”ning qo'li baland kelgandi – 5:0. Bugun bo'lsa jamoalar chorak final yo'llanmasi taqdirini uzil-kesil hal etishadi.
31 may, chorshanba
Qizilqum (Navoiy) – Lokomotiv (Toshkent)
Hakamlar: I. Ibragimov (Nukus), D. Sarsenov (Nukus), B. Kannazarov (Nukus), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
SHu o'rinda qayd etish joizki, ilgari Kubok o'yinlari doirasida “Lokomotiv” va “Qizilqum” faqat 2013 yilda o'zaro ro'baro' kelishgan va o'shanda ikki o'yin natijasiga ko'ra “Lokomotiv” yarim finalga yo'l olgandi.
2013 y. 1/4 final
“Qizilqum” (Zarafshon) – “Lokomotiv” (Toshkent) 1:0
“Lokomotiv” (Toshkent) – “Qizilqum” (Zarafshon) 2:0
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar