O'zbekiston kubogi finalida VAR tizimidan foydalanilishi mumkin
16 dek 2020 19:25
Yangiliklar
O'zbekiston kubogi finalida VAR tizimidan foydalanilishi mumkin
O'FA Hakamlar va nazoratchilar bo'limi mutaxassislari hamda FIFAning VAR bo'yicha masul vakillari ayni kunlarda FIFA mutasaddilari bilan O'zbekiston kubogi-2020 final uchrashuvida VAR tizimidan foydalanish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Ushbu uchrashuvda VAR tizimidan foydalanish bo'yicha FIFA VAR platformasiga zarur meyoriy hujjatlarni yuklash ishlari olib borilmoqda.
Video yordamchi hakamlar (Video Assistant Referee) brigadasi yakuniy test sifatida ertaga bo'lib o'tadigan ayollar o'rtasidagi O'zbekiston U20 terma jamoasi hamda «Paxtakor-W» vakillari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida faoliyat olib boradi.
Ushbu hakamlarning o'yin davomida ko'rsatgan natijalari hisoboti FIFA ga yuboriladi. SHundan so'ng, 18 dekabr kuni VAR tizimini rasmiy uchrashuvda ishga tushurish bo'yicha FIFA tomonidan yakuniy qaror chiqariladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar