So’nggi yangiliklar

10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  0 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  0 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  4 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  13 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  52

O'zbekiston Kubogi endi Evropa chempionati bilan bitta formatda o'tkaziladi Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi endi Evropa chempionati bilan bitta formatda o'tkaziladi

O'zbekiston Coca-Cola kubogining saralash hamda guruh bosqichi o'yinlariga qura tashlash marosimi 18 mart - payshanba kuni bo'lib o'tadi.

Qura “Sport” telekanali orqali jonli ko'rsatiladi.

SHu kuni Coca-Cola Superliga 3-turi doirasida AGMK va “Paxtakor” klublari to'qnash keladi. Uchrashuv 18:30 da boshlanadi, uchrashuv yakunidan keyin quraga start beriladi.

Reglamentga ko'ra, CHempionlar ligasi guruh bosqichida to'p suruvchi klublar kubok musobaqasini 1/8 final bosqichidan boshlaydi. Hozirda “Paxtakor” klubining ishtiroki masalasiga to'la oydinlik kiritib bo'lingan. AGMK klubining kubokdagi starti masalasi 7 aprel kuni hal etiladi. Kubok musobaqasining guruh bosqichi CHempionlar ligasi guruh bosqichi o'yinlari bilan parallel o'tkaziladi.

Superliga hamda Pro liga klublari O'zbekiston Coca-Cola kubogining guruh bosqichida to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etadi. Birinchi liga klublari musobaqani saralash bosqichidan boshlaydi. Tez orada Birinchi liga klublari nomiga to'la oydinlik kiritiladi.

Xuddi o'tgan yili bo'lgani kabi kubok finaliga mezbonlik qiluvchi stadion nomi qura yordamida aniqlanadi. O'zPFL Superliga va Pro liga klublariga rasmiy murojaat qilgan bo'lib, ayni kunlarda final mezbonligi uchun istagi bor stadionlar nomiga oydinlik kiritmoqda. Ular orasidan kubok finali talabiga javob beruvchi stadionlar ajratib olinadi va shundan keyingina mana shu stadionning qurada qatnashishi uchun ruxsat etiladi.

Malumot uchun, 2021 yilgi mavsumdan boshlab O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining final bosqichi Evropa chempionati musobaqasining final bosqichi bilan ayni bitta formatda o'tkaziladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика