So’nggi yangiliklar

12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  4 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  1 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  4 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  1 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  1 11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   6 10:45Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Навбаҳор»да  13 10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  8 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  4 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1 08:40«Арсенал» 50 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  3 08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  19 07:38Санчо Европанинг ТОП клубига кўчиб ўтиши мумкин  1 01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  6 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  1

O'zbekiston kubogi. "Bunyodkor" "Surxon"ni qiyinchilik bilan mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Bunyodkor" "Surxon"ni qiyinchilik bilan mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi

Teglar :  BunyodkorSurxon
O'zbekiston kubogining chorak finalidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Surxon" uchrashuvi boshlandi.



O'zbekiston Coca-Cola kubogi, chorak final
BUNYODKOR – SURXON - 2:1
28 oktyabr 2021 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:15

Gol: Suhrob Izzatov, 15 - 1:0, Ibrohim Tomiva, 64 - 2:0,  Islomjon Toshpo'latov, 77 - 2:1.
Hakamlar:
Rahimbek Karimov, Abduhamidullo Rasulov, Husniddin SHodmonov, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: SHerzod Rajabov

"Bunyodkor": 1.Ravshan Yagudin, 6.Avazbek O'lmasaliev, 10.Xurshid G'iyosov, 17.Odiljon Abdurahmonov, 19.Nurillo To'xtasinov, 22.SHahboz Erkinov, 26.Ulug'bek Abdullaev, 30.Abdulla Abdullaev, 34.Suhrob Izzatov, 37.Muhammadodil Qahramonov, 49.Ibrohim Tomiva.
Zaxira: 91.Zafar Safaev, 3.Dian Talxatov, 4.Davron Ergashev, 7.Farhod Mirahmatov, 8.Sanjar Rashidov, 21.G'ayrat Azizxo'jaev, 33.Umarali Rahmonaliev, 35.Azizbek Pirmuhammedov, 54.Umidbek Sultonov.

"Surxon": 12.Rustam Nartadjiev, 4.Javohir Sohibov, 5.Jasur Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Islom Toshpo'latov, 8.Jahongir Ahmadov, 11.Zohir Pirimov, 14.Jasur Xolto'raev, 20.Husniddin G'ofurov, 60.O'ral CHoriev, 66.Behruz SHaydulov.
Zaxira: 1.Azamat Ahmedov, 10.Murodbek Bobojonov, 17.Sardor Sulaymonov, 19.Nuriddin Hasanov, 23.Abdul Aziz Yusupov, 55.SHarofiddin SHobirov, 80.Nikita Pavlenko, 99.Komron Saydazimov.



YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Bunyodkor" yarim finalda!

90+4. "Bunyodkor"da o'zgarish: Ulug'bek Abdullaev o'rniga Farhod Mirahmatov o'yinga qo'shildi.

90+3. ZARBA! Bobojonov qulay vaziyatda, yaqin masofadan kuchsiz zarba berdi. Yagudin to'pni egallab oldi.

90+1. Izzatov chap oyoqda darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi, biroz aniqlik etishmadi.

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Surxondaryoliklar hisobni tenglashtirish uchun har nima qilmoqda, ammo xavfli hujumlar tashkil etishda oqsamoqda.

85. Abdul Aziz Yusupov raqib futbolchisiga nisbatan qo'pol o'ynagi uchun ogohlantirildi.

82. Ravshan Yagudin vaqtni cho'zgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

82. Mehmonlarda yana bir o'zgarish: Javohir Sohibov o'rniga Komron Saydazimov maydonga tushdi.

81. Pavlenko mezbonlarning xatosidan foydalana olmadi.

80. Soxibovning olisdan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi.

77. GOOOLLL!!! "Surxon" qaytdi! Islomjon Toshpo'latov hisobni qisqartirdi. Himoyachilardan qaytgan to'pni 7-raqamli vinger o'ziga to'g'rilab oldi hamda Yagudin qo'riqlayotgan darvozaning burchagini nishonga oldi.

75. "Surxon"da o'zgarish: Abdul Aziz Yusupov hozirgi hakamdan "sovg'a" olgan Xolto'raev o'rniga maydonga tushdi.

75. Jasur Xolto'raev raqibiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

Ushbu juftlik g'olibi yarim finalda "Paxtakor"ga qarshi bahs olib boradi.

73. Maydon markazida Soxibov o'yin qoidasini buzdi.

68. Umidbek Sultonovning zarbasi Nartadjiev uchun qiyinchilik tug'dirmadi.

66. "Surxon"da o'zgarish: Zohir Pirimov o'rniga Murod Bobojonov maydonga tushdi.

64. GOOOOOLLL!!! Tomiva baribir o'z nomini tabloga yozib qo'ydi. O'ng qanotdan uzatilgan qulay pas natijasida Ibrohim darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi hamda surxonliklarni jazoladi.

64. Nortojievning xatosidan keyin G'iyosov darvozaga zarba yo'lladi, biroz noaniq.

60. G'iyosovning zarbasidan so'ng Nartadjiev o'z hisobiga seyv yozib qo'ydi.

59. "Bunyodkor" futbolchisiga nisbatan raqib jarima maydoni yaqinida o'yin qoidasi buzildi.

55. Pavlenkoning boshi bilan bergan zarbasini Yagudin egallab oldi

52. Pavlenkoning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi

50. "Surxon" o'ziga kelmoqda. Ajoyib hujum natijasida Nuriddin Hasanov darvoza ustunini nishonga oldi. Hisob tenglashishiga bir bahya qoldi.

46. O'zgarishlar. "Bunyodkor"da SHahboz Erkinov o'rniga Umidbek Sultonov. maydonga tushdi. "Surxon"da esa  O'rol CHoriev Nuriddin Hasanov o'rniga, Jahongir Ahmadov esa Nikita Pavlenko o'rniga o'yinga qo'shildi.

Jamoalar o'rtasidagi so'nggi bahs Superliganing 12-turiga to'g'ri keladi. "Surxon" mezbonlik qilgan bahsda "qaldirg'ochlar" safardan 5:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytishgan.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45.  Birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib beriladi.

44. "Surxon" futbolchisi Jahongir Ahmadov ogohlantirildi.

42. ZARBA! Tomiva yana diqqat markazida. To'xtasinovning jarimadan oshirgan to'piga Ibrohim boshi bilan zarba berdi. To'pni darvozabon egallab oldi.

41. Mehmonlar o'yini ishonchsizlik kuzatilmoqda. Ular o'z doirasidan tashqariga chiqisholmayapti.

40. Mezbonlar jarima zarbasini amalga oshirdi, To'xtasinovning uzatmasini himoyachilar bartaraf etishdi.

38. GOL! SHaxboz Erkinov raqib posbonini jazoladi, biroq hujumchi yaqqol ofsaydda qolib ketgandi.

36. Mezbonlar yaxshi hujum tashkillashtirgandi, biroq To'xtasinov ofsaydda qolib ketdi. 

33. "Bunyodkor" futbolchisi raqib jarima maydoni ichida yiqildi, hakam bu holatni penaltiga loyiq ko'rmadi.

30. TOMIVA!!! Izzatovning yana bir faolligidan so'ng darvoza qarshisida turgan hujumchi qulay kelgan to'pni darvozaga joylab qo'ya olmadi.

30. Pressing natijasi mehmonlar xato qilishga majbur bo'lid.

27. Jarima maydoni yaqinida Tomiva yiqildi, biroq hakam o'yin qoidasi buzilmaganini qayd etdi, keyinroq Ibrohimning o'zi o'yin qoidasini buzdi.

24. "Bunyodkor" futbolchisiga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. To'xtasinovning zarbasi noaniq.

22. ZARBA! Javohir Sohibov burchakdan oshirilgan to'pga zarba berdi, to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

19. Tomiva raqibidan to'pni olib qo'yib, hujum boshladi va buning natijasida Muhammadodil Qahramonov olinda borib, to'pni jarima maydoniga uzatdi, ammo himoyachilar qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

Izzatov oxiriga raqibini taqib etdi hamda Yoqubovni xato qilishga majbur etdi. CHap qanotdan oldinga borgan futbolchi uchrashuvda hisobni ochdi.

15. GOOOOLLLL!!! Suhrob Izzatov!!!


14. Maydon markazida "Surxon" futbolchisiga nisbatan o'yin qoidasi buzildi.

12. Mezbonlar yana chap qanotdan hujum tashkillashtirdi, ammo samarasiz yakunlandi.

9. Izzatov chap qanotdan yorib kirdi va orqaroqda turgan futbolchiga uzatdi, biroq to'p himoyachi orqali Nartadjievning qo'liga borib tushdi.

8. Hujumlar, asosan, mehmonlar joylashgan tarafda kechmoqda.

4. "Bunyodkor" yana bir xavfli hujum tashkil qildi. Kombinaciya natijasida Tomiva darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqishi mumkin edi, biroq mehmonlar posboni epchilroq harakat qilib, tshpni egallab oldi.

2. ZARBA! Muhammadodil Qahramonovning o'ng qanotdan oshirgan to'piga Ibrohim Tomiva bosh bilan zarba berdi, to'p darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:15da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика