So’nggi yangiliklar

08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  0 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2

O'zbekiston Kubogi-2021 finali oldidan qiziqarli faktlar Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi-2021 finali oldidan qiziqarli faktlar

"Paxtakor" o'z tarixida 17-marta O'zbekiston Kubogi finalida o'ynaydi.

"SHerlar" kubok finallarida eng ko'p ishtirok etgan jamoa sanaladi. Samarqanddagi final "sherlar" uchun 17-hal qiluvchi bahsga aylanadi. "Bunyodkor" 9, "Neftchi" 7 va "Nasaf" 6 bor finallarda maydonga tushgan. Finalda ketma-ket uchta to'qnashuv "Paxtakor" va "Bunyodkor" o'rtasida 2007, 2008 a 2009 yillarda, so'ng 2018, 2019 va 2020 yillarda "Paxtakor" va AGMK o'rtasida kuzatilgan. Finallarda eng ko'p kuzatilgan qarama-qarshilik "Paxtakor" va "Neftchi" o'rtasida ro'y bergan. Bu jamoalar jami 5 marta O'zbekiston Kubogi finallarida bahs olib borishgan. "Paxtakor" - "Bunyodkor", "Paxtakor" - AGMK va "Bunyodkor" - "Nasaf" esa uchtadan finallarda ro'para kelgan.

Ketma-ket finallarda ishtirok etish bo'yicha rekord "Paxtakor"ga tegishli. Jamoa 2001 yildan 2009 yilgacha 9 finalda qatorasiga maydonga tushgan! Ikkinchi natija "Bunyodkor"ga tegishli bo'lib, bu klub 2007-10 yillarda qatorasiga 4 finalda o'ynagan. SHuningdek, "SHerlar" 2018 yildan beri qatorasiga 4-bor final bahsida maydonga tushadi.

Murabbiylar orasida ketma-ket uch finalda jamoasi bilan ishtirok etgan mutaxassislar Aleksandr Ivankov, Yuriy Sarkisyan, Ravshan Haydarov va SHota Arveladze kirgan. Eng ko'p finallarda jamoasi bilan qatnashgan murabbiy Yuriy Sarkisyan va Mirjalol Qosimov bo'lib, Sarkisyan "Neftchi" bilan 7 marta final ishtirokchisiga aylangan. Qosimov esa "Bunyodkor" va AGMK klublari bilan bunga erishgan. Viktor Jalilov 5, Ro'ziqul Berdiev 4 bor finallarda qatnashgan. Hozirgacha xorijlik mutaxassislardan Leonid Ostroushko, Sergey Butenko, Tachmurod Agamurodov, Ziko va SHota Arveladze O'zbekiston Kubogida zafar quchgan. Piter Xyuistra bunga muvaffaq bo'lgan 6-xorijlik murabbiyga aylanishi mumkin.

"Paxtakor" va "Nasaf" finallarda umumiy hisobda uchinchi bor to'qnash keladigan O'zbekiston Kubogi-2021 finali 4 dekabr kuni Samarqanddagi "Dinamo" stadionda soat 16:00da boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика