So’nggi yangiliklar

07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  11 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2

O'zbekiston Kubogi-2017. “Nasaf” – “Qo'qon-1912” uchrashuviga oid malumotlar Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi-2017. “Nasaf” – “Qo'qon-1912” uchrashuviga oid malumotlar

Teglar :  Qo'qon-1912Nasaf
O'zbekiston Kubogi chorak finalining dastlabki uchrashuvida “Nasaf”, Qo'qonning “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qiladi.

Qiziqarli o'tishi kutilayotgan uchrashuv yangilangan “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 19:30da boshlanadi. “Markaziy” stadionning tantanali ochilishiga bag'ishlangan koncert va rasmiy tadbirlar soat 18:00dan boshlanadi.

“Nasaf” bu yilgi kubok bahslarining nimchorak finalida “Paxtakor”ni umumiy 4:0 hisobida mag'lub etib, chorak finalga etib keldi.

“Qo'qon-1912” jamoasi esa Bekobodning “Metallurg” jamoasi ustidan umumiy 4:3 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga chiqqan.

Malumot o'rnida aytib o'tish joizki, “Qo'qon-1912” jamoasi joriy chempionatda “Nasaf”ga nisbatan 1 ochko ko'p to'plagan holda, turnir jadvalining 2-pog'onasida bormoqda. To'g'ri, jamoamiz hisobida hali bitta qoldirilgan uchrashuv bor.


Bilasizmi?  Qo'qonliklar O'zbekiston Kubogining birinchi finalchisi bo'lgan

Qo'qonliklar oliy liga va kubok bahslarida bungacha “Avtomobilchi”, “Temiryo'lchi”, “Qo'qon” nomlari bilan ishtirok etishgan.

Eng qiziqarlisi, Qo'qonning “Avtomobilchi” jamoasi 1992 yili birinchi va so'nggi marta O'zbekiston kubogi finalida ishtirok etgan. Bunda ular  “Navbahor” jamoasi bilan kuch sinashgan. Finalning asosiy vaqtida hisob ochilmagan. Penaltilar seriyasida ular 6:5 hisobida imkoniyatni boy berishgan.

Yana bir qiziqarli fakt, hozirgi paytda “Nasaf” PFKda sport direktori vazifasida ishlayotgan  Vitaliy Nikolaevich Ni futbolchi sifatida qo'qonliklar safida, ushbu finalda maydonga tushgan. Bu paytda “Avtomobilchi” jamoasiga Bahrom Hakimov murabbiylik qilgan.

O'zingizga malum, “Nasaf” jamoasi shu paytgacha o'z tarixida olti marta O'zbekiston Kubogi finalida ishtirok etgan. Faqat 2015 yilgi finalda g'olib bo'lgan. Jamomizning hozirgi ustozi Ro'ziqul Berdiev esa, bosh murabbiy sifatida jamoamizni to'rt marta kubok finaliga olib chiqqan.


“Nasaf” va Qo'qon-1912” jamoasi kubok bahslarida bungacha tuqnash kelishganmi?


Tarixga nazar tashlasak, 2001/2002 yilgi O'zbekiston Kubogi bahslarining aynan chorak finalida mazkur jamoalar tuqnash kelishgan. Dastlab Qo'qonda bo'lib o'tgan uchrashuvda maydon egalari kichik 1:0 hisobida usutun kelishgan. Qarshida bo'lib o'tgan javob uchrashuvida esa “Nasaf” 5:1 hisobida g'alaba qozongan va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgan.

Oradan 15 yil o'tib, mazkur jamoalar yana kubokning chorak finalida kuch sinashishadi.



Uchrashuv hakamlari haqida

Ushbu uchrashuvni buxorolik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bahsda Ilgiz Tantashev bosh hakamlik qiladi. Unga qanotlarda Xusniddin SHodmonov va Abdurahmon Qo'ldoshevlar yordam berishadi. Zaxira hakami sifatida Elyor Tursunov ishlaydi. Uchrashuvda hakamlar ishini Aleksandr Popov nazorat qiladi, Toshkent shahridan.

O'zbekiston Kubogi chorak finali, dastlabki uchrashuvi
“Nasaf” (Qarshi) – “Qo'qon-1912” (Qo'qon)  
30.06.2017. “Markaziy” stadion. 19:30da
Bosh hakam:
Ilgiz Tantashev (Buxoro)
Qanot hakamlari: Xusniddin SHodmonov, Abdurahmon Qo'ldoshev (Buxoro)
Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent)

Ilgiz Tantashev bu yilgi mavsumda jamoamiz ishtirokidagi bitta uchrashuvni boshqargan. Bu “Dinamo”-“Nasaf” uchrashuvi bo'lib, unda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan.

Demak, 30 iyun kuni futbol ishqibozlarini “Markaziy” stadionda ajoyib tadbirlar va qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. SHu kuni “Nasaf” bu yilgi chempionatda ilk marta o'z maydonida va muxlislari qarshisida to'p tepadi.

“Markaziy” stadionimizga marhamat qiling va ko'ngildagidek hordiq chiqaring!

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика