So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

O'zbekiston Kubogi-2017. “Lokomotiv” – “Nasaf” uchrashuviga oid Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi-2017. “Lokomotiv” – “Nasaf” uchrashuviga oid

Teglar :  LokomotivNasaf
O'zbekiston Kubogi-2017 yarim final uchrashuvlariga ham etib keldik.

“Ajdarlar” 2 avgust chorshanba kuni Toshkentda yarim final dastlabki uchrashuvida “temiryo'lchilar” bilan o'zaro kuch sinashadi. Bu jamoalar o'tgan yilgi finalda ham tuqnash kelishganini bilasiz.

“Nasaf” bu bilan o'z tarixida ketma-ket ettinchi bor O'zbekiston kubogi yarim finalida ishtirok etadi. Jamoa ustozi Ro'ziqul Berdievning murabbiylik faoliyatidagi oltinchi yarim final bo'ladi.

2003 yilda jamoa "Navbahor" bilan yarim finalda kuch sinashgan va dastlabki finalga chiqqan.  2011 yili “Nasaf” yarim finalda “Bunyodkor”ni, 2012 yil “Buxoro”ni, 2013 yil “Paxtakor”ni mag'lub etib, finalga yo'l olgan edi. 2014 yili ham qarshilik futbolchilar kubok yarim finalida ishtirok etishgan ammo, ikki o'yin natijasiga (0:1, 1:1) ko'ra,  “Bunyodkor” kubok finalchisiga aylangan. 2016 yili o'zingizga malum, “Nasaf” yarim finalda “Buxoro”ni mag'lub etib (2:0, 2:1), finalga chiqqan.

Bu yil “Nasaf” kubok yarim finalida ikkinchi marta “Lokomotiv” bilan hisob-kitob qiladi. Esingizda bo'lsa, 2015 yilgi yarim finalda aynan "Nasaf" “Lokomotiv” jamoasini (2:0, 0:1) mag'lub etib finalga yo'l olgan edi.

Keling, 2015 yilgi yarim final uchrashuvlarini esga olamiz. O'sha yilgi yarim finalning dastlabki uchrashuvi Qarshida bo'lgan. Unda "ajdarlar" “Lokomotiv”ni 2:0 hisobida dog'da qoldirgan. Uchrashuvdagi gollarni birinchi bo'limda Azamat Allaniyozov va SHohruh Gadoevlar kiritishgan. Uchrashuv 12 avgust kuni bo'lib o'tgan.

Javob uchrashuvi 15 sentyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tgan. Unda “temiryo'lchilar” kichik 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan. Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Marat Bikmaev bo'lgan. Har ikkala uchrashuv hisobiga ko'ra, “Nasaf” finalga yo'l olgan. Demak, mazkur jamoalar o'z tarixida ikkinchi marta yarim finalda to'qnash kelishmoqda.

Qiziqarli faktlardan yana biri shuki, hozirgi paytda qarshiliklar sharafini himoya qilayotgan tajribali yarim himoyachi Jasur Hasanov 2015 yilgi yarim final uchrashuvlarida “Lokomotiv” safida maydonga tushgan.

Hozirgi paytda “Lokomotiv” jamoasi safida to'p tepayotgan SHuhrat Muhammadiev esa, “Nasaf” tarkibida maydonga tushgan. Hatto u Qarshida bo'lgan dastlabki uchrashuvning eng yaxshisi ham bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" - "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston Kubogining yarim finali dastlabki uchrashuvi, "Lokomotiv" stadionida 2 avgust chorshanba kuni soat 19:30da boshlanadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика