So’nggi yangiliklar

12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  0 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4

O'zbekiston Kubogi-2016. “Buxoro” – “Nasaf”. Prevyu Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi-2016. “Buxoro” – “Nasaf”. Prevyu

Amaldagi O'zbekiston Kubogi va Superkubogi sohibi – “Nasaf” jamoasi yana kubok uchun bahslarni davom ettiradi.

“Nasaf” O'zbekiston Kubogi yarim finali javob uchrashuvini 21 sentyabr, chorshanba kuni Buxoroda “Buxoro” jamoasi bilan o'tkazadi. Uchrashuv “Buxoro” sport majmuasida soat 18:00da boshlanadi.
 
O'zaro uchrashuvlar tarixidan
 
“Nasaf” va “Buxoro” jamoalari bungacha O'zbekiston kubogi yarim finalida 2012 yili tuqnash kelishgan. O'sha yili chorak finalda “Buxoro” jamoasi Toshkentning “Lokomotiv” jamoasidan ustun kelib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgan bo'lsa, jamoamiz Bekobodning “Metallurg” jamoasi ustidan umumiy 5:4 hisobida ustun kelib yarim finalga etib kelgan edi.
 
O'sha yili ham yarim finalning dastlabki uchrashuvi 22 avgust kuni Qarshi shahrida bo'lib o'tgan va jamoamiz ushbu uchrashuvda 2:0 hisobida g'alaba qozongan. Uchrashuvdagi gollarni Alisher Yusupov va Artur Gevorkyanlar kiritgan. 25 noyabr kuni Buxoroda bo'lib o'tgan yarim final javob uchrashuvi 3:3 hisobida yakunlangan va umumiy 5:3 hisobi orqali jamoamiz O'zbekiston Kubogi-2012 final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.
 
“Nasaf” bu yilgi kubok uchun kurashdagi yarim finalning dastlabki uchrashuvini o'z maydonida 22 avgust dushanba kuni yana Buxoroning “Buxoro” jamoasiga qarshi o'tkazdi. Uchrashuvda “Nasaf” jamoasi 2:0 hisobida zafar quchdi. Bu uchrashuvdagi gollarga Fozil Musaev va Igor Golbanlar mualliflik qilishdi (video).
 
SHu erda bu yilgi chempionat uchrashuvlarida ham jamoamiz har ikkala uchrashuvda “Buxoro” jamoasidan ustun kelganligini aytib o'tish joiz. “Nasaf” jamoasi dastlab Buxoroda bo'lib o'tgan uchrashuvda 2:0, Qarshida bo'lib o'tgan ikkinchi davradagi uchrashuvda “Buxoro”ni 3:0 hisobida dog'da qoldirgan.
 
 
Jamoalarning kubok bahslaridagi ishtiroki
 
“Buxoro” jamoasi o'z tarixida bungacha 2001, 2004 va 2012 yillar uch marta yarim finalda ishtirok etgan. Bu yil raqibimiz o'z tarixida to'rtinchi marta yarim finalda ishtirok etmoqda.
 
“Buxoro” jamoasi bu yilgi yarim final yo'llanmasi uchun chorak finalda “Qo'qon-1912” jamoasi bilan bahs olib borgan. Ular Qo'qonda bo'lib o'tgan dastlabki uchrashuvda 1:1 hisobini qayd etishgan bo'lishsa, o'z maydonida bo'lib o'tgan javob uchrashuvida 2:0 hisobida zafar quchishgan va yarim finalga yo'lanma olgan.
 
Jamoamiz bungacha O'zbekiston kubogi finalida 5 marta ishtirok etgan va 2015 yilda ushbu billur sovrin sohibi bo'lgan.
“Nasaf” chorak finalda “Andijon” jamoasi bilan kurash olib bordi va Andijonda bo'lgan dastlabki uchrashuvda 2:0 hisobi, Qarshida bo'lgan javob uchrashuvida 2:1 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga chiqqan edi.
 
Uchrashuv hakamlari
 
O'zbekiston Kubogi-2016 yarim final javob uchrashuvini Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami sifatida etirofga sazovor bo'lgan, FIFA hakami Ravshan Ermatov boshqaradi.
 
 
O'zbekiston kubogi, ½ finali javob uchrashuvi

“Buxoro” (Buxoro) - ”Nasaf” (Qarshi)
21.09.2016. “Buxoro” SM. Soat 18:00da
 
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent)
Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent).
 
Ravshan Ermatov bu yilgi futbol mavsumida, jamoamiz ishtirokidagi uch uchrashuvda hakamlik qilgan. Yani ikkita chempionat bahslarida va bir marta kubok bahsida. Jamoamiz chempionat bahslarining birida durang (“Navbahor” – “Nasaf” 2:2) va birida (“Nasaf” – “Buxoro” 3:0) g'alaba qozongan. Kubok bahsida esa “Andijon” jamoasini mag'lubiyatga uchratgan (O'zbekiston kubogi ¼ finali dastlabki uchrashuvi. “Andijon” – “Nasaf” 0:2). Demak, Ravshan Ermatov jamoamiz ishtirokidagi to'rtinchi uchrashuvni boshqaradi.
 
G'olib jamoaning finaldagi raqibi kim bo'lishi haqida
 
Ushbu juftlik g'olibining bu yilgi O'zbekiston Kubogi finalidagi raqibi kim bo'lishi mumkin?
 
O'zingizga malum, hozircha yarim final ikkinchi juftligi malum emas. Faqat Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi uchinchi yarim finalchi bo'lganligi malum. “Temir yo'lchilar”ga  yarim finalda kim raqib bo'lishi, 21 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan “Metallurg” - “Bunyodkor” jamoalari o'rtasidagi chorak finali javob uchrashuvidan  keyin malum bo'ladi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi Toshkentda bo'lib o'tgan chorak finali dastlabki uchrashuvida “Bunyodkor” 3:1 hisobida “Metallurg”ni mag'lubiyatga uchratgan edi. Katta ehtimol bilan yarim finalning ikkinchi juftligi “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari bo'lishi mumkin.
 
Demak, yarim finaldagi “Nasaf” – “Buxoro” juftligi g'olibi, “Metallurg” – “Bunyodkor” / “Lokomotiv” juftligi g'olibi bilan finalda asosiy sovrin uchun bahs olib boradi.
 
Bu yilgi O'zbekiston Kubogining dastlabki finalchisi, 21 sentyabr kuni bo'ladigan “Buxoro” – “Nasaf” uchrashuvidan so'ng malum bo'ladi.
 
“Nasaf” PFK matbuot xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика