O'zbekiston Kubogi: 1/4 final javob o'yinlarini sanasi o'zgardi, 1/2 final uchrashuvlari kuni belgilandi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2017, 15:34
O'zbekiston Kubogi–2017 musobaqasining chorak final javob o'yinlarining o'tkazilish sanasi o'zgardi hamda yarim final dastlabki uchrashuvlarining kunlari belgilandi.

Dastlabki rejaga ko'ra, Bunyodkor – Neftchi javob uchrashuvi 25 iyul kuni, Lokomotiv – Buxoro va Qo'qon-1912 – Nasaf javob o'yinlari 26 iyul kuni bo'lib o'tishi kerak edi.

Musobaqa chorak finalida ishtirok etayotgan klublar safida O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari ham borligi, milliy terma jamoa 17–23 iyul kunlari xorijda yig'in o'tkazishi hamda futbolchilar qaytib kelgach tiklanishi uchun etarlicha vaqtga ega bo'lishi maqsadida chorak final javob o'yinlarini tegishli ravishda 27 va 28 iyul sanalarida o'tkazishga qaror qilindi.

O'zbekiston Kubogi, 1/4 final
Javob o'yinlari

27 iyul (payshanba)


Bunyodkor – Neftchi

 28 iyul (juma)

Lokomotiv – Buxoro

Qo'qon-1912 – Nasaf

Shuningdek, musobaqaning yarim final o'yinlari kunlariga aniqlik kiritildi.  

O'zbekiston Kubogi, 1/2 final
Dastlabki uchrashuvlar


31 iyul (dushanba)

Dinamo – Bunyodkor / Neftchi urchashuvi g'olibi

 2 avgust (chorshanba)

Lokomotiv / Buxoro uchrashuvi g'olibi – Qo'qon-1912 / Nasaf uchrashuvi g'olibi  

Yarim finalning dastlabki o'yinlari mezboni qur'adan keyin ma'lum bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz