So’nggi yangiliklar

21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  0 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  25 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  14 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3

O'zbekiston MTJ ketma-ket ikkita o'yinda mag'lub bo'ldi. Bu safar Iroqqa yutqazdik Yangiliklar

O'zbekiston MTJ ketma-ket ikkita o'yinda mag'lub bo'ldi. Bu safar Iroqqa yutqazdik

Iroq va O'zbekiston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Iroq - O'zbekiston 2:1 

Gollar: Dostonbek Hamdamov 39 penalti, - 0:1. Mohanad Ali 64, - 1:1. Ali Adnan 85 penalti, - 2:1.

O'zbekiston: 12.Abduvohid Nematov, 6.Azizjon G'aniev, 5.Rustam Ashurmatov, 2.Islom Qobilov, 3.IbrohimHalil Yo'ldoshev, 9.Abror Ismoilov (14.Akmal Mozgovoy, 68), 18.Lutfulla To'raev (15.Murod Xolmuhammedov, 74), 13.Sanjar Qodirqulov (8.Oybek Bozorov, 84), 17.Dostonbek Hamdamov (9.Jaloliddin Masharipov, 68), 20.Hojimat Erkinov (19.Azizbek Turg'unboev, 774), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (7.SHahboz Ubaydullaev, 84).
Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 16.Javohir Ilyosov, 4.Husniddin Aliqulov, 21.Igor Golban, 22.Jamshid Iskanderov, 23.Bobir Abdixoliqov.

Iroq: 20.Muhammad Hamid, 4.Saad Notiq, 23.Maitham Jabbor, 5.Atiya, 17.Alaa Mhavi (3.Muhammad Mustafo, 46), 14.Amjad Attvan, 6.Ali Adnan (21.Muhammad Raed, 90+2), 11.Humam Tariq (7.Mazin Fayyad, 46), 13.Bashar Resan, 8.Ibrohim Bayesh (22.Muhammad Mazxir, 89), 10.Mohanad Ali.

Ogohlantirish: Islom Qobilov 77,



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH




90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi

85. GOL! 2:1. Ali Adnan penaltidan gol urdi. Nematov to'pni deyarli qaytardi, ammo to'p baribir darvozaga borib tushdi




84. O'zgarishlar. O'zbekiston. Qodirqulova Abduxoliqov o'rniga Bozorov va Ubaydullaev tushdi

83. PENALTI! Rustam Ashurmatov Mazin Fayyadni yiqitgani uchun penalti belgilandi. 

77. Ogohlantirish. Islom Qobilov

76. Xavfli vaziyat! G'aniev-Mozgovoy-Qodirqulov kombinaciyasidan keyin Sanjar zarba bera olmadi, aks holda gol urardik!

74. O'zgarishlar. O'zbekiston. To'raev va Erkinov o'rniga Xolmuhammedov va Turg'unboev tushdi

72. ZARBAAAAAAAAAAAA! CHap qanotdan Masharipov uzatgan to'pni Mozgovoy boshi bilan darvozaga yo'lladi, posbon o'z o'rnida!

71. Xavfli vaziyat! Islom Qobilov hozir Ibrohim Bayeshning goli urishiga to'sqinlik qildi!

68. O'zgarishlar. O'zbekiston. Abror Ismoilov va Hamdamov o'rniga Mozgovoy va Masharipov tushdi

64. GOL! Mohanad Ali 1:1. Iroqlik hujumchining kuchli zarbasidan keyin Nematov to'pni qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi va hisob tenglashdi




56. Xavfli vaziyat! Iroqliklar hujumga o'tdi, Nematov o'z o'rnida

54. ZARBAA! Dostonbek Hamdamovning kuchli zarbasidan so'ng iroqlik posbon to'pni qaytardi!

53. ZARBAAAAA! Ibrohim Bayeshning kuchli zarbasidan keyin Nematov ajoyib seyv namoyish etdi! 

51. UXXXX! Burchakdan iroqliklar to'g'ri darvozaga zarba berishdi, Nematov to'pni qaytardi! 

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+1. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:1

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

42. ZARBAAAAAAAAA! G'anievning burchakdan uzatgan to'pini iroqlik himoyachi o'z darvozasiga yo'lladi, to'p to'singa tegib maydonni tark etdi!

41. ZARBAAAAAAAAA! Dostonbek Hamdamovning zarbasi darvozabon qaytardi! Unga Erkinov ajoyib to'p uzatishni amalga oshirgandi! 




39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DOSTONBEK HAMDAMOV! 0:1



38. PENALTI! Hojimat Erkinovni darvozabon yiqitdi! 



25. Hozircha o'yin tempi u qadar yuqori emas. Tomonlar juda ehtiyotkor o'ynashmoqda

17. ZARBAA! Azizjon G'anievning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi!



10. Xavfli vaziyat! Iroqliklar hujumga o'tishdi, Mohanad Ali zarba berishiga Qobilov yo'l qo'ymadi!

6. ZARBAAA! CHap qanotdan Yo'ldoshev uzatgan to'pni Abduxoliqov darvozaga yo'lladi, noaniq!

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Iroq davlat madhiyasi yangramoqda

- Dastlab O'zbekiston davlat madhiyasi!

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.


Reyting: -237   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика