So’nggi yangiliklar

13:46"Навбаҳор" "Динамо" билан дуранг ўйнаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 13:28"Барселона" ва "Реал" футболчилари медиа лига клуби президенти бўлади  0 13:00Буффоннинг ўғли Филиппо Инзаги жамоасида дебют қилди  2 12:33"Манчестер Юнайтед" АҚШда турнир ташкил қилади  0 12:10Суперлига 1-туридаги водий дербисидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:42"Челси" нидерландиялик ҳужумчига даъвогарлик қилмоқда  0 11:17Гвардиола "Манчестер Сити"нинг қимматбаҳо футболчиси билан хайрлашади. Унга янги клуб топилди  5 10:50«Реал Мадрид» Мбаппега катта миқдорда бонус берди  5 10:18«Атлетико» футболчиси узоқ муддатга четлатилиши мумкин  10 09:52Клаудио Раньери Шомуродов ҳақида фикр билдирди  6 08:49Гвардиола Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  6 08:16Sofascore. Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳога лойиқ кўрилди?  10 07:55Суперлига. Насаф ўз уйида ғалаба қозонди, Шароф Муҳиддиновдан СУПЕРГОЛ!  2 07:40Танишинг! "Насаф"нинг Суперлига-2025 учун тўлиқ қайдномаси  0 03:09Сергей Лушан: "Футболни озгина бўлса ҳам тушунадиган одам бир ойда жамоа йиғиб бўлмаслигини тушунади"  15

O'zbekiston futzal terma jamoasi Xorvatiyaga ketish oldidan so'nggi mashg'ulotni o'tkazdi GALEREYA Yangiliklar

O'zbekiston futzal terma jamoasi Xorvatiyaga ketish oldidan so'nggi mashg'ulotni o'tkazdi GALEREYA

Ayni paytda O'zbekiston futzal terma jamoasi Toshkentda yig'in olib bormoqda.

O'zbekiston futzal terma jamoasining Toshkent va Xorvatiya yig'inlari uchun tarkibi malum

Bugun Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzalchilarimiz Xorvatiya yig'iniga ketish oldidan oxirgi mashg'ulotni o'tkazdi. "Yunusobod" sport majmuasida bo'lib o'tgan mashg'ulotni bevosita kuzatib bordik. Yig'inga chaqirilgan 14 nafar o'yinchining hammasi mashg'ulotda qatnashdi. Faqat Husniddin Nishonov hamda Sunnatilla Jo'raev biroz betobligi sabab to'p bilan ishlashmadi va individual tarzda shug'ullanishdi.

O'zbekiston futzal terma jamoasi yig'iniga chaqirilgan o'yinchilar:

Darvozabonlar: Rustam Umarov (AGMK), Ravshan Eliboev ("Lokomotiv")

O'yinchilar: Anasxon Rahmatov ("Xuaxin-Jizzax"), Mashrab Odilov ("Lokomotiv"), Ixtiyor Ropiev ("Xuaxin-Jizzax"), Ilhom Hamroev ("Xuaxin-Jizzax"), Abdulla Solihov (AGMK), Davlat Ibragimov (AGMK), Dilshod Rahmatov ("Xuaxin-Jizzax"), Husniddin Nishonov ("Xuaxin-Jizzax"), Elbek To'lqinov ("Xuaxin-Jizzax"), Davron CHoriev ("Xuaxin-Jizzax"), Akbar Usmonov ("Lokomotiv"), Sunnatilla Jo'raev (AGMK).

Futzalchilar bugun ertalab safarga ketish oldidan PCR test topshirishdi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz bugun tunda Xorvatiya sari yo'lga chiqadi. Vakillarimiz Zagreb shahriga Moskva orqali uchishadi.

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA

Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov



Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика