So’nggi yangiliklar

02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  42 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  3 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  6 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  6 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9

O'zbekiston futzal terma jamoasi alo kayfiyatda yig'inni boshladi GALEREYA Yangiliklar

O'zbekiston futzal terma jamoasi alo kayfiyatda yig'inni boshladi GALEREYA

O'zbekiston futzal terma jamoasi 22 mart kunidan etiboran Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlashdi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz yig'ini 7 aprelga qadar davom etadi. Bu orada vakillarimiz 29 va 30 mart kunlari Qirg'iz Respublikasi terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi ham o'tkaziladi. Har ikkala bahs "Yunusobod" sport majmuasida o'tkaziladi. Futzal terma jamoamiz ayni paytda mashg'ulotlarni "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli zalda o'tkazishmoqda. 26 martdan esa mashg'ulotlar "Yunusobod"ga ko'chadi.

O'zbekiston futzal terma jamoasi yig'iniga chaqirilgan o'yinchilar:

Darvozabonlar: Rustam Umarov (AGMK), Ravshan Eliboev ("Kaspiy", Qozog'iston), Abbos Elmurodov ("Xuaxin-Jizzax"), Bekali Abdurahmonov ("Qizilqum").

Futbolchilar: Ixtiyor Ropiev, Anasxon Rahmatov, Ilhom Hamroev, Husniddin Nishonov, Dilshod Rahmatov, Davron CHoriev, Elbek To'lqinov (barchasi "Xuaxin-Jizzax"), Mashrab Odilov, Akbar Usmonov (ikkisi "Lokomotiv"), SHahram Faxriddinov, Daler Eshonqulov, Qosimjon Safarov (barchasi "Dinamo"), Aslbek Isroilov, Hayrulla Solixov ("Bunyodkor"), Muzaffar Ahadjonov, Davlat Ibragimov (ikkisi ham AGMK).

Futzalchilarimizning kechagi mashg'ulotlariga tashrif buyurdik. Unda chaqirilgan o'yinchilardan Xushnur Erkinov ("Xuaxin-Jizzax") jarohat sabab ishtirok etmayapti. Darvozabon Ravshan Eliboev esa Qozog'istonda 2-3 aprel kunlari chempionat o'yinlari borligi sabab yig'inga kechroq qo'shiladi. Qolganlar soppa-sog' va to'liq shug'ullanishmoqda. O'zbekiston futzal terma jamoasining kechagi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA

Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov


O'zbekiston futzal terma jamoasining kechagi mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика