O'zbekiston futzal terma jamoasi Afrika chempioni bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
27 okt 2020 18:47
Yangiliklar


O'zbekiston futzal terma jamoasi Afrika chempioni bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
Bahodir Ahmedov mazkur yig'inga 17 nafar futbolchini jalb etdi. Yig'in doirasida futzalchilarimiz Marokash terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.
Mazkur uchrashuvlar 7-8 noyabr kunlari Marokash poytaxti Rabot shahrida bo'lib o'tadi.
Yig'inga chaqiruv olgan futzalchilar ro'yxati:
# | Ism-familiya | Ampluasi | Klubi |
1 | Rustam Umarov | Darvozabon | AGMK |
2 | Ravshan Eliboev | Darvozabon | “Paxtakor” |
3 | Abbos Elmurodov | Darvozabon | “Xuaxin Jizzax” |
4 | Anasxon Rahmatov | O'yinchi | AGMK |
5 | Ilhom Hamroev | O'yinchi | AGMK |
6 | Husniddin Nishonov | O'yinchi | AGMK |
7 | Davron CHoriev | O'yinchi | AGMK |
8 | Abdulla Solihov | O'yinchi | AGMK |
9 | Mashrab Odilov | O'yinchi | “Paxtakor” |
10 | Avazbek Abduvaliev | O'yinchi | “Paxtakor” |
11 | Akbar Usmonov | O'yinchi | “Paxtakor” |
12 | Sunnat Jo'raev | O'yinchi | “Paxtakor” |
13 | Dilmurod SHavkatov | O'yinchi | “Paxtakor” |
14 | Dilshod Rahmatov | O'yinchi | “Xuaxin Jizzax” |
15 | Xushnur Erkinov | O'yinchi | “Metallurg” |
16 | Javlon Anorov | O'yinchi | “Maksam-CHirchiq” |
17 | Elbek To'lqinov | O'yinchi | “Maksam-CHirchiq” |
Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha Marokash terma jamoasi 2016 yil bo'lib o'tgan Afrika chempionatida g'olib chiqqan. O'sha musobaqa hozircha so'nggi qita birinchiligi bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar