So’nggi yangiliklar

00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  47 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2

O'zbekiston futbolining qahramoni – Alla SHulepina-Tazetdinova vafot etdi Yangiliklar

O'zbekiston futbolining qahramoni – Alla SHulepina-Tazetdinova vafot etdi

SHu tufayli marhumning yaqinlari hamda oila-azolariga chuqur taziya va hamdardlik izhor qilamiz.

Quyida "sportinfo" nashrida faoliyat yuritayotgan 58 yoshli qozoq jurnalisti Geniy Kazbekovich Tulegenovning Tazetdinova haqidagi xotiralari bilan tanishishingiz mumkin.

Alla Sergeevna SHulepina-Tazetdinova – resbulikaning taniqli kinematografiyachisi va jamoat arbobi, paxtakorchilar faxriylar harakatining rahbari, taniqli o'yinchi va "Paxtakora"-79 futbol klubi murabbiyi  Idgay Tazetdinovning bevasi 3 oktyabr kuni 78 yoshida olamni tark etdi.

Uni sobiq sovet respublikalari hududida samimiyligi, mahribon va katta yuragi, "Paxtakor-79" jamoasiga sodiqligi, sadoqati bilan tanishadi, sevishadi, hurmat qilishadi. CHunki u butun umrini fojiali tarzda halok bo'lgan yigitlar xotirasiga bag'ishlagan... Ananaviy tarzda o'tkaziladigan "Xotira qanotlari" turniri,Toshkentdagi yodkorlik, marhum jamoaga bag'ishlangan kitoblar va filmlar, Kurilovkadagi yodgorlik – uning mashaqqatli harakatlari tufayli dunyoga kelgan samimiy loyihalardir.

1979-yilning 11 avgusti – shu kuni dahshatli fojia yuz berdi. SHu ondan boshlab Alla Sergeevna o'zining qalbi va yoshlik quvvatini eri va Dneprodzerjinsk osmonida fojiali tarzda halok bo'lgan afsonaviy jamoa xotirasini saqlab qolish uchun qurbon qildi. Balki, shu irodali va maqsadli ayol tufayli "Paxtakor-79" xotirasi O'zbekistonda saqlanib qoldi, MDH davlatlarida istiqomat qiluvchi sportga oshno bo'lgan har bir qalbga kirib bordi. SHu tufayli o'zbek futboli qahpamoniga aylandi.  Akademiyadagi bolakaydan tortib, "Paxtakor"ning yuqori rahbarlarigacha - barcha uni hurmat qilar, qadrlar edi. Ha, SHota Arveladze ham, Eduard Adisman ham Alla Tazetdinovani iliq kutib olar, samimiy suhbat qurardi.

SHaxsan men uchun Alla Sergeevna qardosh respublikadagi eng yaqin inson edi. Biz u bilan 2004 yilning avgustida tanishgandik. O'shanda "Qayrat" va "Paxtakor" faxriylari o'rtasida o'yin tashkillashtirildi, "sherlar" aviahalokatining 25 yilligiga bag'ishlangan tadbir uyushtirildi. Unign xotira marosimidagi samimiy nutqi va tasirli intervyusi meni hayratda qoldirdi. 

Alla Sergeevna motam sanasining 30 yilligi muosabati bilan Kurilovka qishlog'idagi aviahalokat sodir bo'lgan joyda marhum paxtakorchilarga yodgorlik o'rnatishni orzu qilar edi. Ammo 2005 yilda damlarning beparvoligi tufayli bu reja xavf ostida qoldi.

Men uning ko'z yoshlari va umidsizlikka to'la xatlarini eslayman. Sport jurnalistlari taniqli paxtakorchining bevasini qo'llab-quvvatlashdi. Mashhur "Sport-Ekspress" gazetasi orqali o'sha mavsum SSSR oliy ligasida "Paxtakor" bilan o'ynagan barcha jamoalarni qardoshlarimizni qo'llashga chaqirdik. Alla Sergeevnaning faol harakatlari, futbol bilan yashaydigan birodarlarimizning yordami, mahalliy rahbarlar va oddiy qishloq aholisining ko'magi bilan yodgorlik o'rnatildi.

Biz oilaning yaqin do'stlariga ayladik, ko'pincha Olmaota yoki Toshkentda uchrashib turardik. U "Qayrat" faxriylarini hurmat qilar. Bizning futbol darg'alari ham unga samimiy munosabatda bo'lishardi.

- Men  Idgay Tazetdinovning bevasi Allani yaxshi bilaman va unga qoyil qolaman. Bunday savgi haqida kitob yozish kerak. Qozog'iston xalqi har doim "Paxtakor" va butun O'zbekistonliklarga birodar sifatida qaragan, - degan edi "Qayrat" afsonasi Timur Segizbaev intervyularidan birida.

Alla Sergeevna SHulepina-Tazetdinova dahshatli fojiadan keyin uzoq vaqt davomida eri va boshqa yigitlarning o'limini qabul qila olmagan.

– "Paxtakor"ning o'yinlari paytida uyimizga stadiondagi hayqiriqlar eshitilardi, – dedi Alla Sergeevna. O'sha paytlar SSSR chempionatini ko'rish uchun ko'plab tomoshabinlar kelishardi. O'yin tugadi, men balkondan hovliga qarab, Idgay sport sumkasi bilan paydo bo'lishi va menga odatdagidek qo'l silkitishini kutardim... Har bir eshik qo'ng'irog'i chalinganda men uchun aziz va sevimli bo'lgan yuzni ko'rish uchun chopdim... SHuncha yillart o'tdi, hamma narsa xuddi kecha sodir bo'lgandek. Qarindoshlar, yaqinlar va do'stlarning bo'lgani yaxshi...

Hozir ham mening qalbimda o'sha dahshatli va fojiali voqelar. Ammo men kuchayyapman, chunki shu kuni yigitlar bizga osmondan boqishadi. Bu menga kch bag'ishlaydi. Men ularni eslaydigan, qadrlaydigan va sevadigan har bir kishidan minnatdorman.

So'nggi marta biz uni o'tgan yilning avgustida fojianing 40 yilligiga bag'ishlangan tadbirlarda ko'rgandim. "Osmonda qaolga abadiy yulduzlar" - shiori ostida marhum paxtakorchilar xotirasiga hurmat bajo keltirilgandi.

Uning xotira marosimidagi nutqi barchani tasirlantirgandi.

- 40 yildan beri qalbimda o'sha yo'qotishning achchiq azobi va yigitlarning shirin xotirasini olib yuribman. Biz ko'plab akciyalar va tadbirlar o'tkazyapmiz. Bu masalada chin dildan yordam beradigan odamlarning borligi kishini quvontiradi. O'tgan voqealar ularning o'sha "Paxtakor"ni qanchalik sevgani va sevishini ko'rsatdi. Yo'qotilgan jamoaning xotirasini qalbingizda olib yurganingiz uchun sizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Yuzlar o'zgaradi, yillar o'tadi, avlodlar almashadi, kattalar "Paxtakor" haqidagi xotiralari va bilimlarini yosh futbolchilarga etkazishi juda yoqimli. Asosiysi, o'sha jamoaning xotirasi abadiy yashaydi.

SHubhasiz, azizim Alla Sergeevna SHulepina-Tazetdinova ham xotiramizda va qalbimizda abadiy yashaydi. Axir u  doim o'sha afsonaviy jamoa bilan birga bo'ldi va afsonaga aylandi. Avlodlar uni o'zbek futbolining qahramoni va barcha futbolchilarnig rafiqasi uchun o'rnak sifatida eslashadi.  

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика