So’nggi yangiliklar

10:24Мусиала операция қилинди  0 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  3 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  4 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  5

O'zbekiston Futbol Federaciyasi yangi prezidentining tarjimai holi Yangiliklar

O'zbekiston Futbol Federaciyasi yangi prezidentining tarjimai holi

Teglar :  Umid AhmadjonovO'FF
Ahmadjanov Umid Mahamadjonovich 1977 yil 16 may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.

Millati o'zbek. Malumoti oliy. O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini imtiyozli asosda tugatgan. Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashi deputati.

Mehnat faoliyatini 1995 yilda Zenit firmasida ishchi sifatida boshlagan. 1995-2001 yillarda Ilmu Ziyod xususiy korxonasida ishchi, keyinroq 26-sonli qurilish boshqarmasida ishchi hamda operator vazifalarida, shuningdek, Olimpiya Akcionerlik Jamiyatida avtosanoat bo'limi rahbari sifatida faoliyat olib borgan.

Ushbu yillardagi mehnat faoliyati davomidagi ishbilarmonligi hamda tashabbuskorligi, tashkiliy ishlar hamda boshqaruv sohasidagi bilim va tajribalari evaziga 2002 yilda O'zbekiston nogironlar sport federaciyasi Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi. 2007 yilga kelib, dastlab O'zbekiston Milliy Paralimpiya Associyaciyasi Bosh kotibi hamda raisi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ushbu tashkilotdagi faoliyati bilan birgalikda U. Ahmadjanov 2007 yildan etiboran O'zbekiston Dzyudo Federaciyasi raisi o'rinbosari hamda O'zbekiston Olimpiya Qo'mitasi vice-prezidenti lavozimlarida ham samarali faoliyat yuritdi. Umid Ahmadjanov ushbu tashkilotlardagi faoliyati davomida mamlakatda sport sohasining rivojlanishiga, shu jumladan, paralimpiya sportining rivojlanishida, mamlakat paralimpiyachilarining jahon arenalarida ulkan yutuqlarni qo'lga kiritishiga ulkan hissa qo'shdi.

Aynan uning Paralimpiya Associyaciyasidagi faoliyati natijasida O'zbekiston paralimpiya delegaciyasi 2016 yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tkazilgan yozgi Paralimpiada o'yinlarida tarixiy natijalarini qayd etdi. Ushbu Paralimpiada o'yinlarida o'zbekistonlik sportchilar jami 31 ta, shulardan 6ta oltin, 8 ta kumush hamda 17 ta bronza medallarini qo'lga kiritib, O'zbekiston sporti tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.



U. Ahmadjanov olimpiya sport turlarining rivojlanishida, mamlakatda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish ishlarida samarali mehnat qildi. Uning sport federaciyalari va associaciyalari boshqaruvi tizimidagi bir necha yillik mehnati va faoliyati davomida sportchilarga zarur sharoitlarni yaratish ishlariga katta etibor berildi. U sport, ayniqsa, olimpiya hamda paralimpiya sport turlarining infratuzilmasini yaxshilashda bevosita ishtirok etdi.

Umid Ahmadjanovning sport federaciyalari va associaciyalaridagi ko'p yillik faoliyati va mehnati hukumat va jamoatchilik etiborini qozondi. Umid Mahamatjanovich Ahmatjanov 2017 yilning 12 sentyabrida o'tkazilgan O'zbekiston Futbol Federaciyasining navbatdagi hisobot-saylov konferenciyasida O'zbekiston Futbol Federaciyasining yangi prezidenti etib saylandi.

Umid Ahmadjanov oilali, uch o'g'il va bir qizi bor.

Umid Ahmatjonov mamlakatda sog'lom turmush tarzini targ'ib etishdagi, shuningdek, sport sohasini rivojlantirish va uni dunyoga tanitishdagi samarali mehnati, mamlakat sporti rivojiga ulkan hissa qo'shgani uchun Do'stlik ordeni bilan taqdirlangan.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика