O'zbekiston futbol associaciyasi vakillari Qashqadaryo viloyatida bo'lishdi
25 okt 2019 17:04
Yangiliklar


O'zbekiston futbol associaciyasi vakillari Qashqadaryo viloyatida bo'lishdi
Bugun Qarshi shahrida joylashgan O'zbekiston futbol Associaciyasi huzuridagi Qashqadaryo viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasiga O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurdi.
Ermatov futbol akademiyasida yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi va bu erda tahsil olayotgan yosh futbolchilar bilan suhbatlashdi. Ravshan Ermatov yoshlarga kelajakda Eldor SHomurodovdek jahon taniydigan futbolchi bo'lishlarini va buning uchun tinimsiz mehnat qilish kerakligi haqida aytib o'tdi. Tashrif so'nggida futbol akademiyasida tahsil olayotgan yosh futbolchi va murabbiylar bilan esdalik uchun rasmga tushishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar