So’nggi yangiliklar

12:23"Динамо" етакчиларидан бири жиддий жароҳат олди. У Туркияда операция қилинади  0 11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 11:30Ибрагимович Мессининг жамоадошларини танқид қилди: "У ҳайкаллар билан ўйнамоқда"  8 10:40"Астон Вилла" бир қатор футболчилар билан хайрлашди  0 10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  16 09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  37 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  1 09:10"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори Лаутаро ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди  6 08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  96 08:20Суперлига. 15-тур баҳсларининг бошланиш вақтлари маълум  0 07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  18 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  67 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  25 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  11 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  3

O'zbekiston futbol associaciyasi Iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlik qiladi Yangiliklar

O'zbekiston futbol associaciyasi Iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlik qiladi

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi 10 oktyabr kuni Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi doirasida Yaman bilan bahs olib boradi.

Mazkur o'yin oldidan O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati Iticket.uz kompaniyasi direktori Mirxosil Majidiy bilan uchrashuv o'tkazdi va oldindagi o'yin chiptalari savdosini amalga oshirish masalasini batafsil muhokama etib oldi.

Sir emaski, O'zbekiston milliy terma jamoasining uy o'yinlariga hamisha ko'p sonli muxlislar tashrif buyuradi. Ammo oldingi yillarda ko'p holatlarda O'zbekiston futbol associaciyasi terma jamoa ishtirokidagi o'yinlar uchun chiqarilgan chiptalarning olib-sotarlar qo'lida qaytadan sotilishi muammosiga duch keldi. Natijada aksariyat ishqibozlar chiptalar oldi-sotdisi jarayonidan norozi bo'lishdi.

Mana shu kabi xunuk holatlarning oldini olish, qolaversa muxlislar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratish, bu orqali esa chiptalarning shaffof savdosini taminlash maqsadida O'FA Iticket.uz bilan milliy terma jamoa o'yinlari chiptalari savdosini amalga oshirish bo'yicha hamkorlik qiladi.


UEFA hamda FIFA tasarrufidagi musobaqalarda ham rasmiy chipta operatori sifatida faoliyat olib borgan va bu borada ulkan tajribaga ega mazkur kompaniya O'zbekiston – Yaman uchrashuvi chiptalarining to'liq savdosi bilan shug'ullanadi.

Endilikda ishqibozlar vaqtlarini ketkazmay, stadion kassalarida uzundan-uzun navbatlarda turmasdan, uydan chiqmagan holda ham elektron shaklda chiptalar harid qilish imkoniga ega bo'lishadi.

Muxlislar o'yin chiptalarini Iticket.uz ning shahobchalaridan, “Paxtakor” stadioni kassalaridan hamda onlayn tarzda Iticket.uz saytidan ham harid qilishlari mumkin bo'ladi. O'zbekiston – Yaman uchrashuvi chiptalari 3 oktyabr sanasidan boshlab sotuvga chiqariladi.

Takidlab o'tamiz, JCH-2022 saralashining 2-bosqich 3-turi doirasidagi O'zbekiston – Yaman uchrashuvi 10 oktyabr kuni poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 17:00da boshlanadi.  

Batafsil malumotni Iticket.uz saytidan olishingiz mumkin.  

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика