So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  4 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

O'zbekiston futbol associaciyasi ishchi guruh vakillari Andijon viloyatida bo'lishdi Yangiliklar

O'zbekiston futbol associaciyasi ishchi guruh vakillari Andijon viloyatida bo'lishdi

O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatovning Namangandagi xizmat safari tafsilotlari bilan tanishtirgan edik.

Safarning ikkinchi kunida O'FA ishchi guruh vakillari Andijon viloyatida bo'lishdi. Dastlab Ravshan Ermatov boshchiligida mutaxassislar Andijon shahridagi Bo'ston dahasida joylashgan Andijon bolalar va o'smirlar futbol maktabiga tashrif buyurib, yosh futbolchilar bilan uchrashdi va futbol maktabi sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Kelajakda ushbu dargohda futbol akademiyasini tashkil buyicha taklif tayorlash rejalashtirildi. Keyin mutaxassislar Andijon shahri SHo'rbuloq daxasida joylashgan bolalar va usmirlar futbol akademiyasida bo'lib, ushbu akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishdi. SHu erning o'zida Ozarbayjonda o'tgan xalqaro turnirda g'olib bo'lgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

SHundan so'ng Andijon shahridagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati faoliyati o'rganib chiqilib, ushbu dargohda futbolchilarni qabul qilish kvotalarini ko'paytirish va qo'shimcha maydonlar qurish taklifi ilgari surildi. SHuningdek, «Andijon» klubi ishtirok etadigan «Sog'lom avlod» stadionida maydon holatini yanada yaxshilash bo'yicha ko'rsatma berildi. O'FA ishchi guruhi tomonidan Izboskan, SHahrixon, Asaka, Qo'rg'ontepa tumanlari ko'zdan kechirilib futbol maktablari va akademiyalari barpo etish uchun qulay lokaciyalar belgilab olindi.

Andijon futbolining bugungi holati o'rganib chiqilgach, tegishli xulosa va rejalarni muxokama qilish maqsadida Ravshan Ermatov Andijon viloyati hokimi SHuxratbek Abdurahmonov bilan uchrashdi va viloyat futbolini rivojlantirish bo'yicha rejalar borasida suhbatlashdi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика