So’nggi yangiliklar

09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  0 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  0 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  0 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  2 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  27

O'zbekiston futzal terma jamoasi Franciyaga imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

O'zbekiston futzal terma jamoasi Franciyaga imkoniyatni boy berdi

Xabaringiz bor, bugun futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Franciyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Uchrashuvdan matnli translyaciyani aynan shu sahifada kuzatib bordingiz.

MATNLI TRANSLYACIYA


Gollarga boy o'tgan uchrashuvda Bahodir Ahmedov shogirdlari 2:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi.


O'rtoqlik uchrashuvi

28.01.2022, 21:00

"Sportskaya Dvorana" majmuasi, Novigrad

O'zbekiston - Franciya 2:4

Gollar: A.Rahmatov 23, D.Rahmatov 40 - M.Ture 7, L.N'Gala 10, 38, M.Abdusamad 34

O'zbekiston (Birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhomjon Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron CHoriev.

Zaxira: Ravshan Eliboev, Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Davlat Ibragimov, Dilshod Rahmatov, Elbek To'lqinov, Akbar Usmonov, Abdulla Solihov, Sunatulla Jo'raev.

Bosh murabbiy: Bahodir Ahmedov

Franciya: 16.Lokoka Francis, 2.Sid Belhaj, 7.Ronni Zakei, 11.N'Gala Landri, 20.Muhudin Suhayl.

Zaxira: 1.Luis Makkvet, 5.Assen Yunus, 8.Saadui Ayub, 10.Muhammad Abdusamad, 12.Kerrumi Maruf, 13.Ture Mamadu, 14.Ture Mamadu (kichik), 15.Menendez Nikolas,  17.Bendau Stiv, 18.De Sa Andrade Mikael.

Bosh murabbiy: Rafael Reynaud

Ogohlantirish: I.Ropiev 29


Uchrashuv yakunlandi.

40 - Goooooooollllll, bahs tugashiga 4 soniya qolganda Dilshodning pasidan keyin francuzlar o'z darvozalarini nishonga olishdi.

40 - Zarbaaa, Nishonov to'pni darvozabon ustidan tashlab qo'ymoqchi bo'ldi. Himoyachi qaytarishga ulgurdi.

39 - Umarov birga birda jamoamizni navbatdagi goldan qutqardi.

38 - GOL, N'gala o'z dublini nishonlamoqda. Landri o'ynovchi kiperimiz Hamroevni oson dog'da qoldirdi.

38 - Zarbaaa, Dilshodning zarbasi to'g'ri darvozabonga.

38 - CHoriev to'pni uzoq burchakka tashlagandi, Nishonov uzoq burchakka bormadi.

36 - CHorievning zarbasi noaniq.

Raqib ustozi taym-aut oldi.

36 - Nishonovning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

35 - Bahodir Ahmedov o'ynovchi darvozabonni tushirdi. Bu rolni Ilhom Hamroev bajaradi.

34 - GOL, Muhammad francuzlarning uchinchi golini kiritdi.

33 - Zarbaaa, Anasxon Akbarni birga bir chiqardi pasi bilan, Usmonov esa gol ura olmadi.

32 - Mamadu Umarov bilan yakkama yakka chiqib bordi chapdan, Rustam jamoamizni qutqardi.

32 - Ropievning zarbasi ancha yuqoridan ketdi.

30 - Ropiev ikki o'yinchi orasidan chiqib ketdi va chap oyoqda noaniq zarba berdi.

29 - Ixtiyor Ropiev ogohlantirildi.

27 - Zarbaaa, endi Hamroev chapdan yakkama yakka chiqib bordi va to'pni darvozabon ustidan tushirib qo'ymoqchi bo'ldi. Afsuski, Lokoka o'z joyida.

26 - Ustunlik biznikilar tomonga o'tdi.

25 - Xavfli vaziyat! CHoriev I.Ropievni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Ixtiyor esa o'z imkoniyatini ko'kka sovurdi.

24 - Turening kuchli zarbasidan keyin Umarovdan juda chiroyli seyv.

23 - Goooooollllll, Anasxon Rahmatovvv!!! Anasxon sal avval bo'lgani kabi chapdan darvozabon qarshisiga chiqib bordi va bu safar uzoq pastki burchakni aniq nishonga oldi. Bahodir Ahmedov shogirdlari hisobni qisqartirishdi.

23 - Anasxon endi Muhammadga nisbatan qo'pollik ishlatdi va jarima.

22 - Anasxon darvozabon bilan deyarli birga-ir vaziyatga chiqib bordi va raqib kiperi o'zini ko'rsatdi.

22 - Ikkinchi bo'limda ham ilk aniq zarbani francuzlar berishdi. Zakeining urinishini Umaroq yo'qqa chiqardi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

19 - Ehhh, vakillarimiz hujumda pressing uyushtirib to'pni olib qo'yishdi va uchga bir holatda qolib ketishdi. Afsuski, Rahmatov Akbar Usmonovga pas berishda xatoga yo'l qo'ydi.Zo'r imkoniyat ko'kka sovurildi.

19 - Saadui Ayub juda xavfli zarba berdi, noaniq.

17 - Umarov ketma-ket ikkita epizodda kuchli zarbalarni qaytardi.

16 - CHorievning yaqin masofadan bergan zarbasi salgina noaniq.

16 - Nihoyat, Nishonovdan kuchli aniq zarba. Darvozabon amallab to'pni qaytardi.

15 - Franciya bosh murabbiyi Rafael Reynaud 1 daqiqalik taym-aut oldi.

15 - Bu safar Nishonovning zarbasi noaniq.

13 - Vakillarimiz standartlardan keyin zarbalar berishmoqda. Lekin, ularga aniqlik etishmayapti hozircha.

11 - Rahmatov to'pni raqibdan olib qo'ydi va noto'g'ri zarba berdi.

10 - GOL, N'gala supergol muallifiga aylandi. Landri uzoq masofadan chap oyoqda to'pni darvozaning to'qqizligiga "mixlab" qo'ydi.

7 - GOL, Ilhom Hamroev to'pni shundoqqina raqibga tashlab berdi va 14-raqamdagi Mamadu Ture kiperimiz bilan birga-bir chiqib ketib hisobni ochdi.

7 - Nishonovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

Malumot uchun "Sport TV" o'yinni Xorvatiya kanallari orqali jonli ko'rsatmoqda.

- Har ikkala jamoa bosh murabbiylari ikkinchi to'rtlikni maydonga tushirishgan. Rahmatovning zarbasini kiper qaytardi.

5 - Uhhh, ustunlik evropaliklarda. Hozir ular 15 soniyada 3 marta juda xavfli zarba berishdi. Rustam Umarov Muhammad Abdusamadning ikkita xavfli zarbasidan keyin bizni gollardan qutqardi.

2 - O'zbekistonning birinchi zarbasini H.Nishonov berdi, raqib darvozaboni o'z joyida.

1 - Franciya dastlabki 25 soniyada ikkita zarba berdi. Birinchisi noaniq, ikkinchisida Umarov qutqardi.


Uchrashuv boshlandi! Uni francuzlar boshlab berishdi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика