O'zbekiston FIFA reytingida 71-o'rinda qoldi
12 fev 2015 14:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/161837_original.jpg)
![](/upload/storage/161837_220.jpg)
O'zbekiston FIFA reytingida 71-o'rinda qoldi
FIFA milliy terma jamoalarning yanvar oyi uchun reytingini elon qildi.
Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi xuddi o'tgan oydagidek 71-o'rinda joylashgan. Ayni paytda Mirjalol Qosimov
shogirdlari 493 ochkoga egalar. Terma jamoamiz Osiyoda oltinchi o'ringa tushdi.
Osiyo qitasida Eron birinchi o'rinda (41-o'rin), Janubiy Koerya ikkinchi o'ringa chiqib oldi (54), Yaponiya esa uchinchi o'ringa tushdi (55). Osiyo chempioni Avstraliya terma jamoasi 37 pog'ona yuqorilab 63-o'ringa ko'tarilib oldi. Qita chempionatida uchinchi o'rinni band etgan BAA 14 pog'onada ko'tarildi va 66-o'ringa chiqdi.
Amaldagi Jahon chempionlari Germaniya terma jamoasi umumiy ro'yxatda birinchi o'rinda bormoqda. Undan keyingi o'rinlarni Argentina va Kolumbiya terma jamoalari band etishgan. Umuman olganda kuchli ettilikda hech qanday o'zgarish kuzatilmagan.
To'liq reyting bilan FIFA rasmiy saytida tanishib olish mumkin bo'ladi.

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar